Jamiyat | 14:13 / 07.09.2022
13611
2 daqiqa o‘qiladi

“Bir bolamni tuproqqa berdim, ikkinchisi omon qolsin!” – farzandi uchun kurashayotgan ona madad istaydi

Andijonlik oila bir emas, ikki farzandning og‘ir xastalikdan qiynalishi bilan sinovdan o‘tmoqda. Uch qiz, bir o‘g‘ilni tarbiyalayotgan ota-ona uchun oqqonga chalingan qizining vafoti mudhish voqea bo‘lgan edi. Endi esa yolg‘iz o‘g‘illari – 17 yoshli Muhammadali bosh miya qon-tomirlari kasalligi oqibatida og‘ir ahvolda qolgan.

“Sakkiz yildan beri bolamni davolatmagan joyimiz qolmadi. O‘g‘lim ikki marta insultni boshidan o‘tkazdi. Dehqonchilik qiladigan yerimizni, bor-yo‘g‘imizni sotib muolajalariga ishlatdik. Oxirgi chora Hindistonda topilishi mumkinligini aytishdi. Yaxshilar ko‘magida xorijdagi klinikada operatsiya qildirdik. Lekin bolamning ahvoli og‘irligi sababli xarajatlar biz kutgandan oshib ketdi. Operatsiyadan keyin ham oyoqqa turishi uchun hali olinadigan muolajalarga mablag‘imiz qolmadi. Bir bolamni oqqon tufayli berib qo‘ygandim. Bunisini saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz. Bolam o‘z oyog‘i bilan kelgan edi, o‘z oyog‘i bilan vatanga qaytishini so‘rayman”, – deydi bemorning onasi Saodat Abduvaliyeva.

Saodat opa o‘qituvchi, turmush o‘rtog‘i esa mavsumiy ishchi. Ammo Muhammadalining davolanishi bilan ovora ota-ona hozir ishlay olmayapti. Bemor bolasi bilan xorijda sargardon oila saxovatli insonlar madadiga muhtoj.

Muhammadali Abduvaliyevga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0424 7848 4149 bemor Muhammadali Abduvaliyev nomida

Humo: 9860 1501 2097 3832 qarindoshi Mansur Yo‘ldoshev nomida

Manzil: Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Qorasuv shahri, «Yuksalish» MFY, 32-uy.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid