AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) Eron hududidagi harbiy nişonlarga qarşi navbatdagi keng kölamli hujumlar amalga oşirilganini ma’lum qildi. Harbiy amaliyotlar ketma-ket öninçi kun davom etmoqda.

CENTCOM ma’lumotiga köra, hujumlarning asosiy maqsadi Eronning Hörmuz böğozida fuqarolik kemalariga tahdid solişda qöllanilayotgan harbiy salohiyatini yanada zaiflaştirişdan iborat.

Keyinçalik AQŞ harbiylari operatsiya yakunlanganini ma’lum qilib, zarbalar Eron harbiy qömondonlik punktlari, raketa va uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar)ni uçiriş maydonçalari, şuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlariga qaratilganini bildirdi.

Bu orada Eron ham navbatdagi javob hujumlarini amalga oşirdi. Xabarlarga köra, mamlakat Fors körfazi mintaqasida joylaşgan AQŞ harbiy bazalariga qarşi raketa va dronlardan foydalangan. Kuvayt va Iordaniya hududlarida ham raketa va dron hujumlari qayd etilgan.

18 iyul kuni Tehron iyun oyida Vaşington bilan erişilgan vaqtinçalik sulh kelişuvini amaldan qolgan deb e’lon qildi. Mazkur kelişuv 60 kun içida yakuniy tinçlik bitimini imzolaş uçun asos bölişi kerak edi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp yangi hujumlardan bir neça soat oldin Eronni amerikalik harbiylar halok bölgan har qanday holat uçun «bir neça barobar javob qaytariş» bilan ogohlantirdi. Uning ta’kidlaşiça, bu böyiça körsatma mudofaa vaziri Pit Hegsetga yetkazilgan.

Trampning aytişiça, navbatdagi zarbalar Eron bilan töqnaşuvlarda halok bölgan AQŞ harbiylari xotirasiga javob sifatida amalga oşirilgan. CENTCOM ma’lumotlariga köra, yangi mojaro boşlanganidan buyon AQŞning 17 nafar harbiy xizmatçisi halok bölgan.

Şu bilan birga, Hörmuz böğozidagi vaziyat ham tarangligiça qolmoqda. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) ikki neft tankerini uşlab qolganini ma’lum qildi. Rasmiy Tehron bu kemalar böğozdan noqonuniy harakatlanişga uringanini bildirgan.

Harbiy qarama-qarşilik kuçayişi ortidan Hörmuz böğozi orqali kema qatnovi ham sezilarli darajada qisqargan. London fond birjasi ma’lumotlariga köra, 19 iyul kuni böğozdan atigi törtta, 18 iyul kuni esa sakkizta kema ötgan. Bu dunyo neft bozori uçun strategik ahamiyatga ega yölakdagi xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar kuçayib borayotganini körsatmoqda.