AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati federal moliyalaştiriladigan kompaniyalarga 10 yil davomida Xitoyda yangi zavodlar quriş taqiqlanişini bildirdi.

Uşbu taqiq yarimötkazgiç sanoatini rivojlantirişga qaratilgan qiymati 50 milliard dollarlik rejaning bir qismi hisoblanadi.

Amerika korporatsiyalari Xitoydagi işlab çiqaruvçilarga qaramlikni kamaytiriş uçun davlat ularni köproq qöllab-quvvatlaşini talab qilmoqda. 

Ular global mikroçip tanqisligiga duç kelgan.  

AQŞ savdo vaziri Jina Raymondoning sözlariga köra, davlat qöllab-quvvatlaş dasturi asosida yordam olayotgan kompaniyalarga bu mablağlardan Xitoyga investitsiya kiritiş uçun foydalaniş taqiqlanadi.

Avgust oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden yuqori texnologiyali işlab çiqariş va ilmiy tadqiqotlar uçun 280 milliard dollar ajratilişi töğrisidagi qonunni imzolagandi.