Fransiyalik töpurar yaqinda The New York Times gazetasiga intervyu berib, «Real»ga ötmagani, «Oltin töp» rejalari va hatto prezident Emmanuyel Makron bilan suhbati haqida gapirdi. Uning muhim joylaridan parçalar keltiramiz.

15 yoşida özini Times jurnali muqovasiga joylaştirdi. Tört yil ötgaç haqiqiy muqovada tasvirlandi

2014 yilda Mbappe hali «Monako» akademiyasida tahsil olayotganida murabbiylardan biri yoş futbolçilarga öz tasvirini qandaydir jurnal muqovasiga joylaştirişni söradi. Kilian mayda-çuydalarga vaqt sarflab ötirmadi va tasvirini maşhur Times jurnali muqovasiga joylaştirdi. Suratga «Maestro» deb imzo çekdi va bir neça sarlavhalarni öylab topdi. Jumladan, uning xayolida Joze Mourino tez orada hujumçi porlaşini, Dide Deşam esa Fransiya milliy jamoasiga çaqirmoqçi ekanini aytdi.

Foto: Getty Images 

Tört yil ötgaç, Mbappe Times jurnalining haqiqiy muqovasida paydo böldi.

«Aqlbovar qilmaydi, deydi Kilian. - 15 yoşimda barça bolalar kabi köp narsalarni orzu qilardim. Keyinçalik, hammasi haqiqatga aylandi. Bu juda zör».

Emeriga şart qöydi – yomon öyinlardan keyin zaxiraga olmaslik

Mbappe 2017 yilda ijara asosida «PSJ»ga ötganida boş murabbiy Unai Emeri oldiga şart qöygan: muvaffaqiyatsiz öyinlardan söng uni darhol zaxiraga ötkazmaslik. Agar ketma-ket bir neça öyinlarda gol urolmasagina zaxiraga olinişiga rozi bölgan.

«U öşa paytdayoq karerasini rejalaştirib qöygan edi. Oldin «PSJ» bilan beş yillik şartnoma imzolaşini, keyin esa navbatdagi qadami haqida öylaşini aytdi», deydi Emeri bu haqda.

Foto: Getty Images 

Xayriya işlari bilan şuğullanadi va Lebrondan örnak oladi

Kilianning xayriya jamğarmasi bor, u kambağal bolalarga yordam beradi. Mbappe boşqa futbolçilarni ham bunga çaqiradi. Pandemiya paytida Markus Reşford Britaniyadagi bolalar va kambağallar uçun bir neça xayriya tadbirlarini ötkazgan edi. Kilian uning bu harakatlarini olqişlaydi.

Mbappe amerikalik basketbolçi Lebron Jyeymsdan biznes va xayriya işlarida örnak oladi. Tört yil oldin ular Nike kompaniyasi tadbirida tanişib olişgan. «Lebron meni ilhomlantiradi va dono maslahatlar beradi», deydi Kilian.