Lamin Yamal bu safar «Oltin töp» öziga berilişi kerakligini aytmoqda – u «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi bilan erişgan natijalari uçun özini bunga loyiq deb hisoblamoqda.

Kilian Mbappe ham mediapoygada ortda qolayotgani yöq va u ham şov-şuvli çiqişlar qilmoqda.

«Men uni dunyoning eng yaxşisiga bergan bölardim. Men bunga munosibman». Bu Yamal aytgan sözlar

19 yoşli vinger sobiq futbolçi Horhe Valdano bilan «Valdano olami» dasturi uçun suhbat qurdi. Uşbu suhbat Movistar telekanalida 18-sentabr kuni töliq şaklda eʼlon qilinadi, intervyuning «Oltin töp» haqidagi qismi esa allaqaçon ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi:

– Sen «Oltin töp»ni kimga bergan bölarding?

– Bu uzoq muhokama qilinadigan mavzu. Men [mukofotni] dunyoning eng yaxşi futbolçisiga bergan bölardim. Men şunday hisoblayman: dunyoning ikki eng yaxşi futbolçisi – Mbappe va men. Qölga kiritgan yutuqlarimdan kelib çiqsak, mukofotga bu yil men köproq loyiqman.

photo_2026-09-15_19-28-03

– Şunçalik aniqmi?

– Men uçun – ha, aniq. Öylaymanki, bu futbol tomoşa qiladigan har qanday inson uçun tuşunarli.

«Oltin töp» böyiça qaroridan keyin ispaniyalik futbolçi ğoliblikka erişilgan jahon çempionati hamda özining futbol tarixidagi örni xususida mulohaza yuritgan: «Özimning öyinim nuqtayi nazaridan, hatto ğalabadan keyin ham jahon çempionatidan qoniqiş hosil qilmadim. Jarohat bilan boğliq voqeaning bunga aloqasi yöq, çunki bilaman: agar JÇ yana takroran ötkazilsa, men öşa darajada öynagan bölardim va yana özimdan qoniqiş hosil qilmasdim.

Men odamlar payqamaydigan köp işlarni qildim – masalan, özim bilan birdaniga uç nafar raqibni olib yurdim va bunday futbolçi har qanday murabbiy uçun haqiqiy topilma. Lekin baribir özimdan könglim tölmaydi. Boşqa kimdir bunday körsatkiçlar bilan JÇni ajoyib ötkazdim, deb hisoblaşi mumkin. Ammo men emas. Men bundan ham köproğini qila olardim. Şunday qilib... jamoaga yordam berdim, lekin allaqaçon keyingi turnirni kutyapman.

Bungaça buyuk yulduzlar bölgan: Leo, Kriştianu, Diyego kabilar – garçi men oxirgisiga töqnaş kelmagan bölsam ham. Ammo heç kim bu yoşda bunçalik köp sovrin yutmagan. Pele-mi? Ha, haqiqatan ham, lekin bunga ança böldi. Odamlar şunça sovrin yutgaç, qaysidir pallada böşaşişi mumkin. Lekin men bilamanki, futbol tarixiga abadiy kiriş uçun hali minglab işlarni amalga oşirişim kerak».