“Özgidromet” xabariga köra, 10-12 sentabrda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol 15-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi kutilmoqda.

11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlarida şamol kuçayişi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetişi mumkin.

11 sentabrda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farğona vodiysi viloyatlarida biroz yomğir yoğadi. Respublika toğli hududlarida ham yomğir yoğadi, baland toğlarda (2500 metrdan yuqori) yomğir qorga aylanişi mumkin.

11-12 sentabrda respublika hududi katta qismida havo harorati keçalari 10-13 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 25-28 daraja issiqqaça pasayadi.