Duşanba va seşanba kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Şimolda va çöl hududlarda baʼzi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Kunduzgi havo harorati +15…+20 daraja, şimolda +10…15 daraja atrofida böladi.
28-oktabrda baʼzi joylarda biroz yomğir yoğadi, şimolda va şarqda esa yoğingarçilik kutilmaydi. 29–30-oktabr kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.
Harorat foni iqlim meyoriga mos böladi. Havo harorati keçalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja, şimolda keçalari –2…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliq böladi.
Şamol asosan şarqiy yönalişda 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. 28–30-oktabrda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida baʼzi joylarda yomğir yoğişi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin.
Toşkent şahrida hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari +18…+20 daraja, keçalari +8…+10 daraja atrofida böladi.

















