O‘zbekiston | 12:19 / 08.09.2022
1925
2 daqiqa o‘qiladi

To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ustav kapitali 1 mlrd dollarga yetkaziladi

To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MChJga aylantirildi.

Foto: Getty Images

“O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng “O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” MChJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

Investitsiya kompaniyasi ustav kapitali 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri investitsiya kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

  • kredit (qarz) olish va investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga investorlar pul mablag‘larini jalb qilish;
  • yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ular ustav fondlarida (ustav kapitalida), jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
  • yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlari yurisdiksiyalaridan foydalanish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid