18 sentabr kuni Toşkentda jahon parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti öz işini boşladi.

Unda BMT, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Parlament assambleyasi kabi xalqaro taşkilotlar vakillari hamda 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament a’zolari iştirok etyapti.

Parlamentlararo ittifoq va Oliy Majlis Senati hamkorligida taşkil etilgan anjuman “Parlament yetakçiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlaşda xavf-xatarlarni baholaş” mavzusiga bağişlangan.

Anjumanni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva oçib berdi.

“Bugungi anjuman birinçi marta Özbekistonda ötkazilmoqda. Butunjahon parlament ayol rahbarlariga şu munosabat bilan 14-sammitda iştirok etayotganliklari uçun samimiy minnatdorlik bildirmoqçiman.

Nufuzli xalqaro taşkilotlar ma’lumotlariga köra, pandemiya davrida aynan xotin-qizlar köproq aziyat çekkan. Jumladan, mehnat bozorida mehnat qilayotgan ayollarning 5 foizi işsiz qoldi, oilalarda yuzaga kelgan murakkab vaziyat ortidan xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik harakatlari köpaydi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy holati yomonlaşişi ortidan jinoyatçilik va huquqbuzarliklar soni ortdi. Şunday oğir şaroitda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari, bir-biriga xayrixohliklari natijasida vaziyat ança yaxşilandi”, – dedi Norboyeva.

Senat raisi anjumanda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlarni, xususan, yangi xavf-xatarlarni bartaraf etiş böyiça konstruktiv takliflar işlab çiqiş, ularni birgalikda amalga oşiriş böyiça ta’sirçan çora-tadbirlarni belgilab oliş maqsad qilinganini ta’kidladi.

Tadbirda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga yöllagan murojaatini prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi.