Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoşida vafot etdi. Ölim kuni qirollik oilasi a’zolari Şotlandiyadagi Balmoral qal’asiga, London aholisi esa Bukinghem saroyi oldida töplana boşladi. Qiroliça vafotidan keyin Vindzor qasrida davlat bayroği motam belgisi sifatida pastga tuşirildi. Buyuk Britaniyada 10 kunlik milliy motam e’lon qilindi, u dafn marosimiga qadar davom etadi. 73 yoşli şahzoda Çarlz yangi qirol deb e’lon qilindi.

Yangi qirolning ismi nima? Buni kim aniqlaydi?

Qirolning ismi Çarlz III böladi – nomni şahzoda Çarlzning özi tanlagan. Bu uning taxtdagi birinçi qarori böldi. Umuman olganda, monarx özining törtta ismidan istalgan birini tanlaşi mumkin edi – Çarlz, Filipp, Artur yoki Jorj.

Qirol ismidagi raqam ham ketma-ket tanlanadi. Tarixda Çarlz I va Çarlz II kabi qirollar ötgani sababli, yangi monarx III raqamini tanlagan.

Qirol ismi turli tillarda har xil şaklda qöllanmoqda. Masalan, ispança – Karlos, portugalça – Karluş, fransuzça – Şarl, çex tilida – Karel, mojar tilida – Karoli, ruminçada – Karol, italyançada – Karlo va h.k. Nemis tilida ham Çarlz, ham Karl işlatilyapti. Rossiyada, XIX asrning oxiridan buyon şakllangan an’anaga köra, Britaniya qirollari nemisça tarzda nomlanadi: Jorj emas, Georg, Uilyam emas, balki Vilgelm, Çarlz emas, Karl sifatida.

MIRRORPIX / GETTY IMAGES

Nega Çarlz matbuotda qirol deb nomlanmoqda? Toj kiyiş va boşqa rasmiyatçiliklarni kutiş kerak emasmi?

Yöq, qiroliça vafot etgan vaqtda, taxt zudlik bilan va heç qanday marosimsiz merosxöriga, Uels şahzodasiga ötdi.

Örta asr ingliz huquqida Rex nunquam moritur tamoyili bor edi, bu ibora «qirol heç qaçon ölmaydi» deb tarjima qilinadi.

«Qirol öldi, yaşasin qirol!» iborasi esa örta asrlarda fransuz tilidan ingliz tiliga köçib ötgan. U siyosiy tamoyil hisoblanadi: taxtdagi şaxs ölişi mumkin, ammo siyosiy fenomen sifatidagi suveren abadiy mavjud. Bu qoida oliy hokimiyatni topşirişda yuzaga kelişi mumkin bölgan asoratlar va kelişmovçiliklarning oldini oliş uçun joriy qilingan.

Qirol qanday tasdiqlanadi?

Keyingi ön kunlik marosimlarning aksariyati qiroliça Yelizavetaga bağişlanadi. Şu bilan birga, bitta rasmiy protsedura baribir ötkaziladi – qiroliça ölimining ertasi kuni soat 10:00 da, Sent-Jyeyms saroyida Taxt vorislik kengaşi töplanadi va Çarlz III Britaniyaning yangi qiroli bölgani e’lon qiladi.