Kuni keça ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda Özbekistonning eng yirik developerlaridan biri bölgan Golden House xodimlar sonini qisqartirayotgani haqida anonim post tarqaldi. Uşbu xabarning raddiyasi bilan kompaniya rahbari bayonot berdi.

Ba’zi noinsof pabliklar tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotni şarhlar ekan, Golden House Development rahbari Avraam Gorodetskiy şunday dedi:

“Bizning kompaniyamizda oçiqdan oçiq absurd va şu bilan birga anonim ayblovlarni şarhlaş odat tusiga kirmagan, biroq bugun men istisno tariqasida izoh berişga qaror qildim. Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda şaxsan menga yönaltirilgan bir neça iğvogar naşrlar çop etildi. Bu meni obrösizlantiriş uçun ataylab qilingan aksiya ekanligiga şubha yöq. Golden House xodimlarni qisqartirmayotganini, aksinça, yangi yirik loyihalar uçun xodimlarni faol ravişda işga jalb etayotganini köriş uçun yirik mutaxassis böliş şart emas. Ötgan yilning özida kompaniyada işlayotgan xodimlar soni 60 foizdan ziyodga ösdi va ösişda davom etmoqda.

Yolğon xabarlar kampaniyasini töxtatiş uçun biz imkoni bölgan barça qonuniy çoralarni körmoqdamiz. Şu tariqa biz huquqni himoya qiliş idoralariga rasman ariza bilan murojaat qildik. Uşbu taşkilot Özbekistonning quriliş bozoridagi yetakçilardan birining obrösiga putur yetkazmoqçi bölganlarni aniqlab, javobgarlikka tortadilar, deya umid qilaman”.Ⓣ