Toşkentda bir kunda ikkita daraxtzor yakson qilingani ma’lum böldi. Çilonzor va Uçtepa tumanlarida röy bergan qonunbuzarliklarning yuzaga keliş tarixi juda öxşaş.

Avvalo, har ikkala hududdagi daraxtlar haqida jamoatçilik ançadan beri xavotir bildirib kelayotgan, mas’ullarni kutilgan jinoyatlarning oldini olişga çaqirayotgan edi, lekin heç kim tayinli çora körmagan.

Qolaversa, har ikkala yer maydonini Toşkent şahar hokimligi 2020 yilda, ya’ni daraxt kesişga moratoriy allaqaçon kuçda bölgan vaqtda tadbirkorlarga ajratib bergan.

Çilonzordagi jinoyat tuman prokuraturasi röparasidagi şu turdagi ikkinçi jinoyat ekani bilan e’tiborli. Uçtepadagi daraxtzor esa avvalroq hordiq çiqariş uçun boğga aylantirilişi haqida aytilgan, keyinçalik sotilib ketgan.

Yana Çilonzor köçasi

Çilonzor köçasini kengaytiriş işlari sabab yuzga yaqin köp yillik daraxtga zarar yetkazilgani, buning ortidan Çilonzor tumani hokimi va prokurori işdan olinganiga hali bir oy ham bölmagandi. Daraxtlarga nisbatan navbatdagi suiqasd yana şu köçada, tuman prokuraturasining röparasida sodir böldi.

20 sotixli quyuq daraxtzor hududi Toşkent şahar hokimining 2020 yildagi qarori bilan "Dream house stroy" MÇJga ajratilgan. Kompaniya şu yil boşida hududni örab olgan, xavotirli holatni Kun.uz ham yoritgan edi. Öşanda özini kompaniya rahbari deb taniştirgan Umar Ğafforov faollar va ekologlar qarşisida birorta ham daraxtga ziyon yetkazmaslikka va’da bergandi. U bu yerda biznes markaz va mehmonxona qurayotganini aytgandi.

Öşa voqeadan keyin hududdagi daraxtlarni xatlovga olgan ekologlar baribir ularni saqlab qololmadi. Tadbirkor hududni yana baland tösiqlar bilan örab olib, u yerdagi 58 tup daraxtni (ularning aksariyati qimmatbaho) bir-ikki kun içida kesib taşlagan.