Tranzit deklaratsiyasini töldiriş, rasmiylaştiriş, unga özgartiriş va qöşimça kiritiş, uni qaytarib oliş hamda bekor qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi böylab bojxona nazorati ostida taşilayotgan tovar töğrisidagi ma’lumotlarni öz içiga olgan, tovar kelib tuşadigan bojxona organigaça yetkazib berilgani nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oşiriş uçun zarur bölgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasini töldiriş, rasmiylaştiriş, unga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, uni qaytarib oliş va bekor qiliş E-Tranzit avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.
Nizom mazkur tizim bilan işlaşga oid qator körsatmalarni özida aks ettirgan:
- deklaratsiyani töldiriş va bojxona organiga taqdim etiş uçun deklaratsiyani amalga oşiruvçi şaxs tizimga jismoniy şaxs ERI orqali kirişi va tranzit deklaratsiyasini töldiriş uçun asos bölgan hujjatlar va ma’lumotlarni kiritişi lozim;
- tranzit deklaratsiyasi özbek yoki rus tilida tuzilişi kerak;
- tovar kuzatuv hujjatlarida şaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanişlari va boşqa ma’lumotlar lotin yoki boşqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilgani holatlari uçrasa, u holda bunday ma’lumotlar tranzit deklaratsiyasida lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanişlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi (misol uçun, Central global cargo Gmbh, Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD, “Magnitogorskiy metallurgiçeskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixayloviç);
- tranzit deklaratsiyasi deklaratsiyalovçi şaxs tomonidan bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona çegarasini kesib ötguniga qadar yoki kesib ötiş vaqtida beriladi;
- bojxona hududida bojxona nazorati ostida taşilayotgan tovarlarni yetkazib berişni nazorat qiliş uçun tranzit deklaratsiyasi tovarlar transport vositasiga yuklanişidan avval taqdim etiladi;
tranzit deklaratsiyasini qoğoz şaklda beriş faqat quyidagi hollarda amalga oşiriladi:
- Özbekiston xalqaro şartnomalarida nazarda tutilgan hollarda (bunda har bir varaqqa ştamp bosiladi, vakolatli bojxona xodimi tomonidan imzolanadi va muhr bosiladi, yuqori öng burçagida esa "nusxa" yozuvi bilan belgilanadi);
- taşuvçi yoki haydovçi deklaratsiyani qoğoz şaklini talab etsa.











