Özbekistonning eng baland toğlari joylaşgan göşa: «Hisor» davlat qöriqxonasi haqida (Fotogalereya)
|00:19 / 12.09.2022100 2109 min
«Hisor» davlat qöriqxonasi bu yerda Özbekistondagi eng baland toğlarning bir qismi joylaşgani bilan ajralib turadi. Şuningdek, qöriqxona hududidagi muzliklardan zilol suvli bir neçta daryolar oqadi va ular Qaşqadaryoning katta qismini suv bilan ta’minlaydi. Bundan taşqari, qöriqxonaning boy hayvonot va ösimlik dunyosi hamda gözal tabiati bor.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Umrida bir marta bölsa-da Qaşqadaryoga bormagan odamlar orasida bu viloyatni faqat çöllardan iborat, issiq joy deb öylaydiganlar yetarliça bor. Aslida esa çöllar bilan birga Özbekistondagi eng baland toğlar, yozda ham odam sovqotadigan salqin joylar va çiroyli manzaralar Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan.
Viloyatning Çiroqçi, Kökdala, Kitob, Şahrisabz, Yakkaboğ, Qamaşi, va Dehqonobod tumanlarining bir qismi toğli hududlardan iborat. Toğlarning quyi qismida örmonlar va butazorlar, yuqori qismida muzliklar joylaşgan bölib, u yerda köplab noyob hayvonlar yaşaydi.
Toğlardagi yovvoyi tabiatni asraş uçun Şahrisabz, Yakkaboğ va Qamaşi tumanlarining toğli qismida «Hisor» davlat qöriqxonasi taşkil etilgan.
Yaqinda Kun.uz’ning bir guruh xodimlari Özbekistonning eng baland nuqtalardan biri bölgan «Hazrati Sulton ziyoratgohi» çöqqisiga çiqiş uçun Qaşqadaryoga borganida «Hisor» davlat qöriqxonasida ham bölib, u yerda işlovçi xodimlarning faoliyati bilan tanişdi.
«Hisor» qöriqxonasi haqida
Qöriqxona ilmiy xodimi Behruz Begaliyevning ma’lumot berişiça, «Hisor» davlat qöriqxonasi 1983 yilda Qaşqadaryo viloyatidagi ikki mustaqil Miroqi va Qizilsuv qöriqxonalarini birlaştiriş natijasida taşkil etilgan.
Qöriqxona hududi «Hisor» toğ tizmasining şimoliy-ğarbiy qismida joylaşgan bölib, uning umumiy maydoni 81 ming gektar. Şundan 2 ming gektar hudud ekoturizmni rivojlantiriş uçun ajratilgan qöriqlanma zona hisoblanadi.
Qöriqxona 4 ta bölimga bölingan:
Mavzuga oid
— Ğilon bölimi – 18 838,1 gektar;
— Miraki bölimi – 11 821 gektar;
— Tanxozdaryo bölimi – 20 233 gektar;
— Qizilsuv bölimi – 30 094 gektar.
Qöriqxonaning butun hududi yagona massiv sifatida şarqdan ğarbga 37, şimoldan janubga 90 kilometrga çözilgan.
Özbekistondagi eng baland toğlar
Qöriqxona hududida Özbekistondagi eng baland çöqqilardan bir neçtasi joylaşgan. Jumladan, Hazrati Sulton toği – 4 337 metr, Xöja-kirşavor – 4303 metr, Törtqöylik – 4366 metr, Bibi-Ölmas toği – 4349 metr. Bundan taşqari, qöriqxona hududida 4 ming metrdan baland bölgan yana bir neçta nomsiz çöqqilar joylaşgan.
Qöriqxona hududida joylaşgan çöqqilardagi muzliklaridan Surxondaryo va Qaşqadaryo tomonga qarab bir neçta daryo oqadi.
Ularning eng yiriklari Oqsuv, Tanxozdaryo va Qizildaryo daryolari hisoblanadi. Daryolarning özanlarida bir neçta katta-kiçik şarşaralar mavjud. Eng baland şarşara Suvtuşar şarşarasi bölib, uning balandligi 84 metrga yetadi.
Bundan taşqari, «Hisor» davlat qöriqxonasi hududida katta-kiçik 10 ga yaqin köl bor. Jumladan, Ğilon bölimida 3 ta, Miraki bölimida 3 ta, Tanxozdaryo bölimida 1 ta va Qizilsuv bölimida 3 ta köl mavjud. Bugungi kunga qadar ular töliq örganilmagan, faqat köllarning dengiz sathidan balandligi, sathining eni va böyi aniqlangan xolos.
Ösimliklar dunyosi
Qöriqxonaning ösimliklar dunyosi juda boy va xilma-xil bölib, u yerda jami 1500 turdagi ösimliklar ösişi aniqlangan. Ular 81 oilaga kiruvçi 384 turkumga mansub.
Ösimliklarning 250 turdan ortiği dorivor va ozuqabob hisoblanadi. Ulardan qirqböğim, zira, zirk, oltin tomir, çakanda, buymadaron, şuvoq, sumbul, kiyik öti, qizilpoyça xalq tabobatida, anzur piyoz, ravoç, zira kabilar ozuqabob ösimlik sifatida işlatiladi.
Qöriqxonada hududida kamyob va yöqolib borayotgan 27 tur ösimlik Özbekiston «Qizil Kitob»iga kiritilgan. Dilband lola, uluğvor lola, nor şiraç, oq parpi, sunbul kovrak, çinnigul şular jumlasidan. Şuningdek, ösimliklarning 80 dan oşiq turi endemik hisoblanadi.
Hayvonot dunyosi
«Hisor» davlat qöriqxonasi hududida umurtqali hayvonlarning 276 turi uçraşi aniqlangan.
Jumladan:
Sut emizuvçilarning 32 ta turi;
Quşlarning 225 ta turi;
Sudralib yuruvçilarning 17 turi;
Suvda va quruqlikda yaşovçilarning 2 turi;
Baliqlarning 2 ta turi bor.
Qöriqxona hududida 17 turdagi noyob hayvonlar yaşaydi.
Şundan:
Sut emizuvçilarning 6 ta turi;
Quşlarning 7 turi;
Sudralib yuruvçilarning 3 ta turi;
Baliqlarning 1 turi yaşaydi.
«Hisor» qöriqxonasida xalqaro Qizil kitob va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 12 turdagi hayvon va quşlar yaşaydi. Ulardan yettitasini quşlar, beştasini sut emizuvçilar taşkil etadi.
Qöriqxona xodimlari tomonidan örnatiladigan fotoqopqonlarga qor qoploni, Tyanşan qönğir ayiği, Örta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini kabi noyob hayvonlar tez-tez tuşib turadi.
Qöriqxona nazorati
Bugun «Hisor» davlat qöriqxonasi jami 56 nafar xodim işlaydi. Ular qöriqxonadagi törtta bölimga taqsimlangan bölib, tunu-kun nazorat işlarini olib borişadi.
Xodimlarga 3 ta maxsus yöltanlamas maşina, 34 boş ot ajratilgan. Şuningdek, ular turli mavsumlarga mos kiyim-keçaklar, barça iş qurollari bilan ta’minlangan. Xodimlar şaroitga qarab ba’zi joylarda maşinalar bilan, ular çiqib bora olmaydigan baland toğlarda otlar bilan yurib, qöriqxonadagi vaziyatni nazorat qilişadi.
«Bizning işimizda ot eng yaxşi kömakçi. Qöriqxona hududida yöllar unça köp emas, şu bois katta hududni nazorat qilişda xodimlarga otlar berilgan. Uzoq yöllarda, dengiz sathidan 2,5-3 ming metrdan baland toğlarga çiqib tuşişda otlarning ularning xizmati beqiyos», deydi B.Begaliyev.
Qöriqxona xodimlarining har biriga maxsus mastur bilan jihozlangan telefon apparatlari hamda durbinlar berilgan. Xodimlar ular yordamida qöriqxona hududida sodir etiladigan qoidabuzarliklarni ham aniqlay olişadi.
Bundan taşqari, qöriqxonani nazorat qiliş maqsadida uning hududida 80 ta fotoqopqon örnatilgan. Xodimlar vaqti-vaqti bilan ularni yozib olingan kadrlarni tekşirib turişadi. Bu fotoqopqonlarga qöriqxona hududida yoşayotgan noyob hayvonlar ham tez-tez tuşib turadi.
Manzara va salqin havo
Biz borganimizda qöriqxona hududidagi qir-adirlar yam-yaşil edi. Toğlar tepasida muzliklar, quyiroq qismida esa arçazor örmonlar joylaşgan. Toğ daralaridan oqib tuşayotgan daryolarda zilol suvlar oqib turibdi.
B.Begaliyevning aytişiça, yoz oylarida ham toğlarda havo juda salqin böladi. Yoz çillasida toğlarning eng tepa qismida tunda havo harorati +2, -1 atrofida böladi. Pastroqlarda esa tunda +5, +10, kunduzlari +15, +25 daraja issiq böladi.
Tunda Hazrati Sulton ziyoratgohi çöqqisiga çiqqanimizda tunda issiq kiyimlar bilan ham sovqotib qoldik. Toğ tepasiga çiqar ekanmiz, kunduzi oqib turgan buloqlarning tunda muzlab qolganiga közimiz tuşdi.
B.Begaliyevning aytişiça, odamlarning tabiatga bepisand munosabati qöriqxona hududlarida ham sezilmoqda.
«Sönggi yillarda qöriqxona hududiga köplab ekoturizm ixlosmandlari kelişmoqda. Şu jumladan aholi orasida maşhur bölgan «Hazrati Sulton ziyoratgohi» çöqqisiga çiqiş uçun belgilangan kunlarda oraliğida har kuni qöriqxona hududiga örtaça 100-150 nafar odam keladi. Bundan taşqari, yoz böyi salqin joylarda dam oluvçilar ham kelişadi. Ularning orasida tabiatga bepisandlik bilan munosabatda bölayotganlar va çiqindilarni turli joylarga uloqtirib ketayotganlar ham bor. Şu uçun ham çöqqi ostidagi maxsus joyga va boşqa hududlarga xodimlarimizni biriktirganmiz, ular tun-u kun atrof-muhit tozaligini ham nazorat qilişadi», deydi B.Begaliyev.
Qöriqxona xodimlari bilan xayrlaşar ekanmiz, bu yerlarga yana kelişni niyat qilib ortga qaytdik.