Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 24 may kuni Jizzax viloyati Ğallaorol tumani hududida temiryölda odam ölimi bilan boğliq hodisa sodir bölgan.

Toşkent – Samarqand yönalişida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Ğallaorol tumani hududidan ötgan temir yölning 3652- kilometrida 2 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan.

Marjonbuloq şaharçasidagi 73-maktabning 8-sinf öquvçilari bölgan jabrlanuvçilar zudlik bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ammo şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan ulardan biri vafot etgan. Ikkinçisi jonlantiriş bölimida qolmoqda.

Avvalroq Toşkent viloyatida poyezd bir kunda ikki kişini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.