Qayd etilişiça, nafaqat hafta, balki butun yil eng muhim siyosiy ahamiyatga ega tadbiri - 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengaşi 22-majlisidir. 

Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov

Tadbirda 8 ta a’zo mamlakat - Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, 3 ta kuzatuvçi maqomidagi mamlakat - Belarus, Eron, Möğuliston va 4 ta mehmon sifatida taklif etilgan mamlakat - Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston, Armaniston davlat va hukumat rahbarlari iştirok etadi. 

Avval taşkilotga a’zo davlatlar yetakçilari tor doirada majlisi, söng barça delegatsiyalar iştirokidagi kengaytirilgan yiğiliş bölib ötadi. Sammit doirasida ikki tomonlama uçraşuvlar ham közda tutilgan. Keng kölamda olib borilgan çora-tadbirlar samarasida bölajak sammitda imzolaş uçun 30 dan ortiq hujjat taqdim etilişi rejalaştirilgan.

Sammit doirasida davlat rahbari bir qator delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi, ular bilan hamkorlik holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşadi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Xitoy raisi Si Jinping 14-16 sentabr kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatda böladi. Taşrif dasturiga muvofiq Samarqand şahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bölib ötadi. Uçraşuvda mamlakatlar örtasidagi döstlik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi. Özbekiston va Xitoy yetakçilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadi. Uçraşuv yakunida qöşma bayonot va salmoqli kelişuvlar töplamini imzolaş közda tutilgan.

Şuningdek, davlat rahbari taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentabr kunlari Şanhay hamkorlik taşkiloti Samarqand sammiti doirasida taşrif bilan mamlakatda böladi. Özbekiston va Rossiya yetakçilari muzokaralari kun tartibidan strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşadi.

Bundan taşqari, prezident taklifiga binoan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentabr kunlari rasmiy taşrif bilan mamlakatda böladi. Ikki mamlakat yetakçilari muzokara ötkazib, köp qirrali munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalarini körib çiqadi, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boşqa yönalişlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratadilar. Uçraşuv yakunida qator qöşma hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.