Xerson oblasti Nova Kaxovka okkupatsion «ma’muriyati» ikki xodimining qotilligi Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan haqiqiy suiqasdlarning oldini oliş maqsadida uyuştirilgan, deb xabar berdi 12 sentabr, duşanba kuni «Birinçi kanal». Gap «ma’muriyat»ning «rahbar örinbosari» Vitaliy Gura va telekanal şahar «politsiya boşliği örinbosari» deb atagan Sergey Tomko haqida ketmoqda.
Guraning suiqasd natijasida vafot etgani haqidagi xabarlar 6 avgust kuni paydo böldi. RIA «Novosti» agentligi polda qon tökilgan şaxsiy uydan olingan kadrlarni namoyiş etdi. Tomko öldirilgani haqida ma’lumot 8 iyul kuni olingan.
«Birinçi kanal»ning syujyetida aytilişiça, Tomko va Guraga haqiqiy suiqasdni Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xodimi Ilya Bondarçuk masofadan turib tayyorlagan. U suiqasd uyuştiriş uçun boğlangan mahalliy aholi, göyoki FXX nazorati ostida u bilan gaplaşgan. Natijada Rossiya maxsus xizmatlari göyoki «diversiya guruhining Qrim yaçeykasi» a’zolarini aniqlab, qölga olgan.
«Birinçi kanal»ning syujyeti FXX 12 sentabr kuni ertalab UXX Xerson oblasti va Qrimda tayyorlagani aytilayotgan qator teraktlarni töxtatgani haqida e’lon qilganidan keyin çiqdi. Ukraina Xavfsizlik xizmati hozirça FXX ayblovlariga izoh bermadi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan amaldorlarga nisbatan muntazam ravişda suiqasdga urinişlar amalga oşirilmoqda.













