Xerson oblastining rossiyaliklar tomonidan tayinlangan «yangi ma’muriyati» rahbari örinbosari Kirill Stremousovning sözlariga köra, ukrain harbiylari köprik hududiga Amerikaning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali öt oçgan.

«HIMERS [Interfaks uçun intervyuda Stremousov qurilmani şunday atagan - tahr.] bolvankalari yetib keldi, jami törtta teşik paydo bölgan. Bittasining diametri bir metr keladi, qolgan uçtasi - taxminan 20-30 sm. Aniqlik bilan zarba berişgan, şaharning bir qismini Aleşki tomondan kesib qöyişni istaşgan. Jabrlanganlar yöq, aholi yaşovçi mikrorayonlarga heç narsa kelib tuşmagan», degan u.

Stremousovning sözlariga köra, Ukraina tomonidan yöllangan zarbalar oqibatidagi şikastlanişlar köprik konstruksiyasiga tahdid solmagan. «Köprik poydevorini möljalga olişgan. Ammo köprik butun, mahkamlagiçlari buzilmagan», degan u va köprik böylab harakat operativ-tekşiruv tadbirlaridan keyin tiklanişi mumkinligini aytgan.

Köprikdagi teşiklar va vayrongarçiliklar aks etgan video telegram-kanallarda tarqalgan.

Zarba köprikka emas, blokpostga berilgan bölişi ham mumkin

Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari maslahatçisi Sergey Xlan esa ukrain kuçlari köprikning öziga emas, rossiyaliklarning köprik atrofida joylaşgan bazasi böylab zarba berganini aytmoqda.

«Asosiy nişon Xersonda bölgan - Antonov köprigi emas. Uning atrofida. «Nairi» kafesi hududida, orklar (rossiyalik harbiylar nazarda tutilgan) bu yerda qöriqlaş punkti taşkil etişgan va okoplar qazişgan. Raketalar öşa joylarga uçib borgan. U yerda orklar kuçli istehkom barpo etgan, köplab qurollar joylaştirgan, u yerni qöriqlaş bilan şuğullanadigan va köpriklar orasidagi hududda kuçli nazorat punkti vazifasini ötaydigan harbiy qism joylaşgan. Hozir öşa yerda kuçli portlaşlar böldi», degan Xlan ukrain televideniyesi efirida.

Ukrain harbiy eksperti, Kyiv Independent naşri muxbiri Ilya Ponomarenko tvitterdagi sahifasida seşanba kungi zarbalar «Ukrainaning Antonov köprigini yöq qilişga qaratilgan hujumi bölmagani»ni aytadi. «Bunda raketa va artilleriya snaryadlaridan foydalaniş ança samarasiz. Menimça, buning uçun Ukraina yaxşisi Su-24M va [kuçli aviatsiya] portlovçi-parçalanuvçi bombalaridan foydalangani ma’qul. Buning uçun esa avval Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi masalasini hal qiliş talab etiladi», deb hisoblaydi u.