Nova Kaxovkaga qilingan hujum haqida Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Bratçuk va Xerson oblasti rahbari maslahatçisi Sergey Xlan ma’lum qilgan.

Nova Kaxovka - Xerson oblastidagi rayon markazi hisoblanadi.

Bu Ukraina janubidagi rossiyalik kuçlar uçun strategik jihatdan muhim şahar bölib, u bosqinning ilk kunidayoq egallab olingandi. Uning yonida Kaxova gidroelektrstansiyasi va Dnepr suvlarini Qrimga yetkazib beruvçi Şimoliy Qrim kanalining gidrotexnik inşootlari joylaşgan. Rossiya qöşinlari şahardan front ortidagi baza va logistik markaz sifatida foydalanadi.

Hozirda hodisa haqida nimalar ma’lum?

Ukraina hukumati mamlakat qurolli kuçlari zarbalari rossiyaliklarning öq-dori saqlanuvçi omboriga berilganini ma’lum qilgan. Ukraina qurolli kuçlarining «Janub» operativ qömondonligi rossiyaliklarning öq-dori ombori yöq qilingani haqida hisobot bergan.

Sergey Xlan feysbukdagi sahifasida şunday yozadi: «Nova Kaxovkada rossiyaliklarning yana bir öq-dori ombori hisobdan çiqdi. Taşişdi, taşişdi, ğamlaşdi, ğamlaşdi, ğamlaşdi va mana tunda muşakbozlik körişdi. Odamlarning derazalari tökilib tuşgan, ammo baribir ular xursand bölişmoqda, çunki bu şuni anglatadiki, Ukraina qurolli kuçlari şu yaqin atrofda».

Rossiya davlat naşrlari avvaliga öz manbalariga asoslangan holda Kaxova GES hududiga zarba berilganini xabar qilişdi. Ammo bir neça soat ötib Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari örinbosari Kirill Stremousovga asoslangan holda GES haqidagi ma’lumot rad etildi.

Keyinroq «harbiy-fuqarolik ma’muriyati» Nova Kaxovkada kuçli portlaş röy bergani - selitra saqlanayotgan ombor portlatilganini xabar qildi. TASS agentligi xabarida aytilişiça, Ukraina qurolli kuçlarining Nova Kaxovkaga zarbalari «mineral öğitlar saqlangan omborda portlaşlarga olib kelgan».

BBC News Ukraina hisoblaşiça, bu sönggi ikki hafta içida Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi öq-dori omborlari va harbiy bazalariga ukrain harbiylari tomonidan yöllangan ön beşinçi zarba böldi.

Bu arsenallar Rossiya qöşinlarining front çiziğidan ança içkarida joylaşgandi va yaqingaça Ukraina qurolli kuçlari uçun yetib bölmas nişonlar sanalardi. Bunga qadar ham ukrain harbiylari ba’zida raqibning qurol omborlari va boşqaruv punktlariga zarbalar yöllab turgan, ammo bu töğridan töğri front çiziğida röy berar yoki diversiya harakatlari orqali amalga oşirilardi.