«Raketa-artilleriya bölinmalari öt oçiş böyiça vazifalarni bajarişi doirasida Nova Kaxovka dambasidagi avtomobil köprigiga aniq zarbalar berildi va undan maqsadli foydalaniş istisno qilindi», degan «Janub» operativ qömondonligi rasmiysi Vladislav Nazarov.
Şu tariqa, köprik safdan çiqarilgan va endi undan harbiy texnikalarni ötkaziş imkonsiz işga aylangan.
Nova Kaxovkadagi GES hududidagi köprik - Xerson oblastidagi Dnepr daryosi ustidan ötgan uçta asosiy köprikdan biridir. Boşqa ikkisi - Xerson şahri yaqinidagi Antonov avtomobil köprigi va şimolroqdagi temiryöl köprigi bir-biridan olti kilometr masofada joylaşgan.
Bu keçuv yöllarining istalgan biri safdan çiqarilişi Dneprning öng sohilidagi Rossiya armiyasi uçun jiddiy logistik muammolar tuğdiradi.
Kaxovkadagi köprik - qatnov uçun yaroqsiz holatga kelgan ikkinçi obekt böldi. Avvalroq ukrain armiyasi zarbalari oqibatida Antonov avtomobil köprigi jiddiy şikastlangan va endi u orqali oğir harbiy texnikalar olib ötişning imkoni yöq.
Ekspertlar hisoblaşiça, ta’minot zanjiridagi uzilişlar Rossiya qöşinlarining jangovar qobiliyatiga katta ta’sir körsatadi.
Rossiyadagilar nima demoqda?

Xerson oblastining Rossiya nazoratidagi okkupatsiya hukumati GES hududi öqqa tutilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. U yerdagilar ukrain qöşini Nova Kaxovkaga amerikaliklarning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali zarba berganini ma’lum qilgan.
«Raketalarning bir qismi kelib tuşgan, bir qismi urib tuşirilgan», deya rossiyaparast hukumat vakili Kirill Stremousovning sözlarini keltirgan TASS agentligi.
Ammo uning versiyasiga köra, Kaxovka GES köprigi şikastlanmagan.
Ukraina qöşini Xerson oblastidagi köpriklarga muntazam ravişda zarba berib kelmoqda.
Iyul oyida Ukraina qurolli kuçlari Antonov avtomobil köprigini bir neça bor öqqa tutgandi. Şuningdek Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastining Dneprning öng sohilida Rossiya tomonidan egallab olgan hududlarni boğlovçi Ingulets daryosi ustidan ötgan Darevskiy köprigiga zarbalar bergan.
Ta’minot zanjiri uzilişi















