“Bolaligimiz şu kölda ötgan edi”
Xalq tilida Komsomol köli deb ataladigan bu suv havzasi köp yillar davomida andijonliklar uçun xizmat qilib kelgan. Biroq xozir boğ hududi taşlandiq va xarob holatga kelib qolgan.
Kun.uz muxbiri şu manzilda bölib, boğning bugungi kundagi holatini örgandi.
“Bolaligimiz şu köl atrofida ötgan. Har kuni şu yerdan maktabga borardik. Darsdan söng aylaniş uçun manzilimiz ham şu yer edi. Biror tadbirlarni ham mana şu joyda ötkazardik. Issiq kunlari çömilardik. Juda ham gavjum joy edi”, – deydi şu yerda yaşovçi fuqarolardan biri.
“Ammo sönggi yillarda boğ hududida qurilish işlari bahonasida köl suvi quriganiga guvoh böldim. Hozir ham har kuni şu yerdan ötaman va mutasaddilarning beparvoligi sababli ayançli holatga kelib qolgan boğ va kölni körib közim yoşlanadi.
Bu yerda juda katta çinor daraxtlari bor edi. Ularni ham kesib yöq qilişgan. Umuman, boğ taşlandiq çiqindixonaga aylangan”, – deydi u.

Sport sohasi vakillaridan birining ta’kidlaşiça, Komsomol kölida sportçilar doimiy maşqlarni ötkazib kelişgan. Hozirda viloyatda eşkak eşiş sport turi bilan şuğullaniş uçun sun’iy köl qolmagan. Sportçilar oqim suvlarida musobaqalarga tayyorgarlik körişyapti. Bu ularning natijalariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

Köl kimlarning qölida?
Andijon şahar hokimining 2014 yil 24 aprel kungi 240-sonli qarori bilan viloyat xalq ta’limi boşqarmasi ixtiyorida bölgan, Universitet köçasi 1-uy manzilida joylaşgan “Nodirabegim” madaniyat va istirohat boği şahar madaniyat va sport bölimi tasarrufiga berilgan.
Şahar hokimining 2016 yil 7 dekabr kungi 917-sonli qaroriga asosan esa boğ Toşkent şahrida faoliyat olib boruvçi “Green Land Invest” MÇJga 10 yil muddatga (kelgusida muddatini uzaytiriş şarti bilan) foydalanişga va rekonstruksiya qilişga berilgan.




















