Talabalarni turar joy bilan ta’minlaş va kontrakt mavzulariga bağişlangan matbuot anjumanida Abduqodir Toşqulov OTMga öqişga hujjat topşirişda 5 yönalişni tanlaş imkoniyatiga töxtaldi. Vazirning ta’kidlaşiça, eski ta’lim tizimi qobiliyatli kişilarni boy berib qöygan.
“Mening bir sinfdoşim, tan olişim kerak, köpgina fanlardan bilimi mendan yaxşiroq edi. Men 5 daqiqada matematikadan misol yeçsam, u boşqa yöl bilan 3 daqiqada işlar edi. U nuqul Toşkentga keldi. Öşa davrlarda iqtisodiy yönalişlar ötiş balli 200 dan past emasdi. Keladi, 189 ball oladi, qaytadi, 192 ball oladi, qaytadi.
Men 177 ball bilan özimning viloyatimda öqib, mana bugun sizga hisobot beradigan darajada prezident va xalq işonçi bilan keldim. U 5 yil şunaqa bölib, şu bilan öqimadi. Yaqinda borib, kasbini sörasam, maktabda qorovul ekan. Közimdan yoş çiqib ketdi. Öşa davrdagi ta’lim siyosati şunaqa qobiliyatni boy berib qöydi.
Hozir ham öqisam böladimi, deb sörayapti. Haliyam olovi öçmagan. Hozir 5 ta yönalişni belgilaş qançalik katta imkoniyatligini şu misol bilan prizmadan bir ötkazib köring. U bir joyda öqib, davlatga yaxşi xizmat qiladigan mutaxassis böla olardi.
Men qorovullik kasbini pastga urmoqçi emasman. Har kim qobiliyatiga, şaroitiga yaraşa işni qilişi kerak. Biz qobiliyatni yöqotib qöydik”, – dedi vazir.








