Senatning 32-yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva oşirib körsatilayotgan iş örinlari muammosini kötardi.
“Minglab iş örinlari yaratdik, deb har bir tizim, har bir hokimlik hisobot beradi. Oldinlari bir million iş örni yaratildi, degan ma’lumot berilardi. Ammo amalda yarmi ham yaratilmasdi. Çunki har bir iş örnini yaratiş qança mablağ talab etişini, qança texnologiya olib kelinişi kerakligini bilamiz. Lekin şu işlar qilinmasdan hisobotda çiroyli raqamlar ketardi. Natijada aholi sarson, iş izlab çetga ketadi… Bu masalaga hozir boşqaça yondaşilyapti. Haqqoniylik nuqtayi nazaridan senatorlar, deputatlar bu masalani örganişni boşladi. Iş örinlari sonidagi tafovutlar bor, bir tizimda yaratilayotgan iş örinlari borasida hisobot 3 ta vazirlikdan ketyapti. Birinçi navbatda, tafovutlarni yöq qiliş lozim: tadbirkorlik faoliyatini töxtatganlar yaratgan iş örinlari ham yaratilgan iş örinlari sifatida hisobotda ketyapti”, – dedi Norboyeva.
Bu borada Senat raisi bir neçta takliflarni ilgari surdi:
Birinçidan, yaratilgan iş örinlarini hududlar va sohalar kesimida xatlovdan ötkaziş kerak. Ma’lumotlarning takrorlanişi, faoliyati töxtatilgan korxonalarda hisobga olingan iş örinlari hisobiga oşirib körsatilgan iş örinlari sonini çegirib taşlagan holda yagona bazani şakllantiriş lozim;
Ikkinçidan, hokimliklar faoliyatini töxtatgan tadbirkorlar masalasida alohida çora-tadbirlar körişi kerak. Hokimlarni köramiz, bevosita muloqotlar ötkazadi. Ammo bu muloqotlar prezident muloqot ötkazişidan oldin faollaşadi. Yuqori darajadagi uçraşuvdan keyin quyi böğindagi uçraşuvlar ham kamayadi. Şuning uçun hokimlar faoliyati töxtagan yoki töxtaş arafasidagi tadbirkorlar bilan uçraşib, muammolarini aniqlab, ularga yordam berişi kerak;
Uçinçidan, dehqonçilik faoliyatining öziga xos jihatlari, me’yorlar va şart-şaroitlarini hisobga olgan holda auksion orqali ajratilgan yerlarda taşkil etilgan dehqonçilik xöjaliklari sonini hisobga olişga oid yagona uslubiyatini işlab çiqiş zarur;
Törtinçidan, birinçi yarim yillikda yangi iş örinlarini yaratiş qoniqarsiz bölgan hududlar yöl xaritasini işlab çiqiş kerak. Mahalliy kengaşlar bu masalaga qattiq e’tibor qaratişi zarur. Har bir tuman ortda qolayotgan tizimlarni olib, respublika rahbariyatiga takliflarni kiritişi kerak böladi;
Beşinçidan, şaffof quriliş platformasi orqali tenderda ğolib bölgan pudrat korxonalari loyihada körsatilgan böş iş örinlari yuzasidan monitoring ötkazişi kerak.
“Aholi bandligini har çorakda muhokama qilişga kelişganmiz. Mutasaddilarga hisobot beriş emas, aniq taklif va taşabbuslar bilan çiqişni taklif qilaman”, – dedi Norboyeva.












