Samarqandda ötkazilayotgan ŞHT sammiti Yevrosiyoning sönggi yillardagi eng katta siyosiy forumi böladi, çunki qit’aning eng yirik taşkiloti yetakçilari uç yil içida ilk marta yuzma-yuz uçraşişadi.

Kun.uz manbasining sözlariga köra, sammitda “Şanxay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammiti: özaro boğliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” maqolasida uşbu uçraşuvdan kutilayotgan natijalar haqida fikr bildirgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning çiqişiga katta e’tibor qaratiladi. 

Mazkur maqolada Özbekiston rahbari xususan, “ŞHTning Samarqand sammiti umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yölidagi özaro hurmat, işonç, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yölga qöyiş borasida öziga xos namuna böla oladi” deb işonç bildirgan.

Ekspertlar Özbekiston prezidenti sammitda global ahamiyatga ega yirik diplomatik taşabbus bilan çiqişini taxmin qilmoqda.

ŞHTning Samarqand sammitida Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Möğuliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakçilari iştirok etişi ma’lum qilingan.