AQŞ milliy xavfsizlik kengaşining strategik kommunikatsiyalar böyiça koordinatori Jon Kirbi Qöşma Ştatlar Kiyevga ilğor raketa tizimlarini yetkazib beriş niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Ularga şarq va janubdagi janglarda ehtiyoj sezayotgan qurol-yaroğ va texnika beriladi. Bu nimalarni öz içiga oladi. Artilleriya, ilğor raketa tizimlari», — dedi u.
Avvalroq Kirbi AQŞ Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini jönatişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgandi.
Sönggi kunlarda frontda jiddiy özgarişlar kuzatilmoqda. Ukraina Rossiya bilan çegaradagi Xarkiv viloyatini deyarli töliq ozod qildi. Şuningdek, Ukraina Xerson yönalişida ham keskin qarşi hujumga ötgan.
Ukraina 6 ming kvadrat kilometrdan ortiq hududdagi yuzlab aholi yaşaş manzillarini qaytarib oldi. Ğarb ekspertlari bu Ukraina frontda ustunlikni qölga olganini anglatişi va bu holat uruşda buriliş nuqtasi bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.













