“Samarqand – biz ŞHTni tuzişda asos qilib olgan bağrikenglik va turli xalqlarning an’ana va qadriyatlariga hurmat tamoyillari asrlar davomida hayotga tatbiq etilgan jonli namunadir”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Hozirgi kunda geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyat va bahslardan xoli bölgan bunday muloqot favqulodda zarurligi bois Özbekiston şeriklarga umumiy xavfsizlik va farovonlik yölidagi Samarqand birdamligi taşabbusini taqdim etadi.

Bu taşabbus maqsadi – umumiy kelajakka befarq bölmagan, ixtiloflarga qaramasdan kelişilgan yondaşuvlar va qarorlarni izlaşga tayyor, "Samarqand ruhi" tamoyillariga hamfikr bölganlar barçasini global sivilizatsiyalararo muloqotga jalb qiliş.

Uning amaliy ijrosiga doir masalalarni siyosiy yetakçilar, jamoatçilik, işbilarmonlar, akademik va ekspert doiralari nufuzli vakillari iştirokida kelgusi yili Samarqand xalqaro forumida birgalikda körib çiqiş taklif etildi.

Davlat rahbari sözi yakunida Özbekiston raisligidagi maqsadlarga erişişda faol kömak uçun hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.

“Işonçim komilki, bugun qabul qilinayotgan hujjatlar va qarorlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti hamda farovonligi yölida mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida Şanhay hamkorlik taşkiloti yanada izçil rivojlanişiga hamda taşkilotimiz nufuzining yuksalişiga munosib hissa bölib qöşiladi”, dedi prezident.