Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Vladimir Putin Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi örtasida keng qamrovli strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.
Marosim Samarqanddagi samarali muzokaralar yakunida bölib ötdi.


Mazkur deklaratsiya Özbekiston va Rossiyaning köp qirrali hamkorligi rivojida yangi bosqiç boşlanganidan dalolat beradi. Unda özaro aloqalarga alohida e’tiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralişi qayd etilgan.
Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, atom energetikasi, transport, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni aniq yönalişlar asosida rivojlantiriş közda tutilgan.
Umuman, Özbekiston–Rossiya munosabatlarining şartnomaviy-huquqiy asosini 350 dan ziyod hujjat taşkil qiladi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşdagi katta xizmatlari uçun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlaş marosimi böldi.


Davlatimiz rahbarini uşbu orden bilan mukofotlaş töğrisidagi farmon joriy yilning iyul oyida qabul qilingan edi.
Prezidentimiz mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinçi navbatda, butun Özbekiston xalqining özaro döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasining e’tirofi deb bilişini ta’kidladi.
Qayd etiş joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga kömaklaşişda xizmat körsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.















