15 sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun Samarqandga kelgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin muzokara ötkazdi.

Özbekiston rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, ŞHTning Samarqand sammitida iştirok etayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Vladimir Putin, öz navbatida, Şavkat Mirziyoyevga har doimgidek samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik barça darajalarda jadal va samarali rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.

Tomonlar keyingi yillarda köp qirrali Özbekiston-Rossiya şerikligi misli körilmagan yuksak darajaga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Özaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tovar ayirboşlaş ikki barobardan ziyod köpaydi, ötgan yetti oyda esa özaro savdo 30 foizdan ortiq ösdi. E’tiborlisi, ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.
Sanoat kooperatsiyasi jadal sur’at bilan rivojlanmoqda. Keyingi yillarda kon-metallurgiya, yoqilği-energetika, kimyo, qişloq xöjaligi, maşinasozlik, töqimaçilik va boşqa tarmoqlarda 100 dan ortiq qöşma loyihalar boşlandi.
Tomonlar, eng avvalo, elektronika, farmatsevtika, töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik şeriklikni rivojlantiriş böyiça kompleks harakatlar rejasini qabul qilişga kelişib oldilar.
Uşbu taşrif doirasida maşinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalari böyiça 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanayotgani qayd etildi.
Hamkorlikni kengaytirişda hududlar örtasidagi töğridan-töğri aloqalar muhim örin tutadi. Birinçi yarim yillikda ikki mamlakat örtasida 50 ga yaqin taşriflar böldi.
Tomonlar Özbekiston hududlarida qöşma sanoat parklarini taşkil etiş, joriy yil oktabr oyida Özbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini ötkazişga kelişib olişdi.












