16 sentabr kuni Samarqandda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şanhay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizda bölib turgan Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşuv ötkazdi.
Suhbat avvalida Özbekiston rahbari oliy martabali mehmonni Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va strategik şeriklik munosabatlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlaniş sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar hamkorlikni özaro manfaatli barça yönalişlarda yanada kengaytiriş borasida birgalikda işlaşga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Yetakçilar özaro savdo hajmi oşib borayotganini körsatib ötişdi. Joriy yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş 30 foizga ösgan. Keyingi olti yilda qöşma korxonalar soni 5 barobar köpaydi.
IT, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Yaqin yillarda özaro savdoni 1 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, fan va ta’lim sohalarida hamkorlik qiliş dasturlarini, şuningdek, investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş bitimini tez fursatda qabul qiliş va amalga oşiriş zarurligi aytildi.
Ikki mamlakat hududlari örtasidagi şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, şu jumladan «Çobahor» portidan foydalangan holda mustahkamlaşdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

«Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalari muzokaralarning alohida mavzusi böldi. Keyingi yillarda Özbekistonda Hindistonning uçta universiteti oçildi.
Birinçi «Hindiston – Markaziy Osiyo» onlayn sammitining yakunlari yuksak baholandi, uşbu platforma doirasida qabul qilingan kelişuvlarni röyobga çiqariş muhimligi qayd etildi. Hindiston tomoniga BMT Boş Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida özaro boğliqlikni mustahkamlaş töğrisidagi rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirildi.












