Murtazo Salangi, pokistonlik jurnalist:
– Özbekistonning, bu yerda yaşovçilarning mehmondöstligiga şaxsan guvoh böldim. Taşkilotçilik ham köngildagidek, bemalol işlaşimiz uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Taqdim etilgan taomlarga kelsak, men özim Islomoboddagi özbek oşxonasiga muntazam borib turaman. Ha, hayron bölmang, bizda ham özbek oşxonalari bor va ularning taomlari juda mazali.
Lekin Özbekistondagi yeguliklar mazasi haqida alohida töxtalmoqçiman – ular juda totli! Mamlakatingiz turizm salohiyati rivojida bu jihat alohida örin tutişiga işonaman.
Kozim Husayn, Eron teleradiokompaniyasi muxbiri:

– Eronda Özbekistonni yaxşi bilişadi, öylaymanki özbekistonliklar Eron haqida ham yetarli tasavvurga ega. Özbeklar mehmondöstligi a’lo darajada, taomlar esa biz öylagandan ham mazaliroq ekan. Mahalliy taomlardan palov juda yoqdi. Bizning taomlarimizda öxşaşliklar ham bisyor.
Bizni kutib olgan va hamroh bölgan mezbonlar nihoyatda odamoxun ekanlar. Tanimagan hamkasblarimiz ham kelib mehmondorçiliklarga taklif qilganlarida özbek bağrikengligini çindan his qildim. Hammasi uçun rahmat!
Gleb Ivanov, “Argumenti i fakti” naşri muxbiri, Rossiya:

– Özbekistonga birinçi marta kelişim. Bunga qadar köp davlatlarda, jumladan Yaponiya, Argentinada bölganman. Ammo mehmondöstlikda, musofirga xayrixohlikda sizlardan ham örganişga arziydigan jihatlar köp ekan. Meni Özbekistonda gazetamizni muntazam öqib boradigan, saytimizni kuzatadigan muxlislar köpligi quvontirdi.
Çaros Akbarova, taşkilotçi:

– ŞHT tadbiriga uzoq va jiddiy tayyorgarlik kördik. Mehmonlar, xususan 600 nafardan ortiq OAV vakillariga xizmat körsatiş uçun asosan Toşkentdan xodimlar jalb qilganmiz. Bundan taşqari, samarqandlik hamkasblarimiz ham bizga yaqindan yordam berişyapti.













