Toşkent şahrida Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritişni va’da qilgan şaxs qölga olindi. 

Qayd qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda M.X. boşqa fuqaroning işonçiga kirib, unga göyoki xorijiy davlat oliy öquv yurtining 1-bosqiçini tamomlagani töğrisida hujjatlarni tayyorlab berib, uşbu hujjat yordamida öqişni köçiriş yöli bilan Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan. Evaziga 75 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.