Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlar aniqlanib, «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni islohotlarni yanada jadallashtirish va natijadorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat rahbari 9 sentabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi. Yig‘ilishda mazkur agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
– Islohotlar natijasida ijobiy o‘zgarish bo‘lishi, odamlar buni o‘z hayotida sezishi kerak. Agentlik buning uchun ustuvor islohotlarni aniqlaydigan, ularni o‘zaro muvofiqlashtiradigan va natijadorlikni ta’minlaydigan tuzilmaga aylanishi lozim, – dedi prezident.
Yig‘ilishda shu boradagi asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, islohotlar ustuvorligi va mantiqiy ketma-ketligini belgilash, davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish, tizimli muammolarni aniqlash va tegishli choralar ko‘rish shunday muhim vazifalardan.
Davlat rahbari aholi barcha qatlamlariga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlarni aniqlab, “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda aholidan eng ko‘p murojaat bo‘layotgan sohalarga e’tibor qaratish, ular bo‘yicha nimaga erishilishi va xalq nima manfaat ko‘rishini aniq ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
Ustuvor sohalarni isloh qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralar malakali mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlardan iborat loyiha guruhlarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
16:32 / 04.02.2025
Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi
17:38 / 25.12.2024