Sönggi ikki haftada 6 ta holatda boğçadagi bolalarning kasallanişi qayd etildi. SanEpid xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekovning qayd etişiça, MTTdagi guruhli kasallanişning 4 ta asosiy omili bor. 20 sentabr kuni Senat kengaşining navbatdagi majlisida şu haqda gapirib ötildi.

Nurmat Otabekovning aytişiça, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari işlatilişi, ovqat tayyorlaş texnologik jarayoniga rioya etmaslik, nomutaxassislar faoliyat yuritayotgani va aksariyat holda xodimlar oddiy sanitariya minimumini öqimagani sababli boğçalarda ommaviy kasallanişlar aniqlanmoqda.
“Bir ma’lumotga e’tiboringizni qaratmoqçiman. Farğona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida tarbiyalanuvçilar örtasida bu kabi holat yuzaga kelişiga sabab – oziq-ovqat mahsulotini tayyorlaş uçun şart-şaroitlar yaratilmagani, mahsulotlarning qöşniçiligiga, kunlik taomnomaga rioya etilmagani, taomnomaga kiritilmagan mahsulot borligi, qolaversa, qoşiqlarni yuviş böyiça ham elementlar şaroitlar mavjud emasligidandir”, dedi u.
Ma’lumotlarga köra, ayni vaqt Özbekistonda 28 ming 12 ta boğça bor. Şuning 6 ming 300 tasi davlatga tegişli bölib, qariyb 30 foizi, ya’ni 1 ming 200 ga yaqini moslaştirilgan binoga ega.
3 ming 48 ta holatda esa idiş-tovoqlarni yuviş uçun şaroit ham yöq, ya’ni toğoralardan foydalaniladi.
“Demak, mana şunga öxşagan holatlarning hammasi keyinçalik guruhli kasallanişga sabab bölişi mumkin. Albatta, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati qandaydir nazoratni amalga oşiradi, kimlarga nisbatan çora köradi, qandaydir tadbirlarni joy-joyiga qöyişga harakat qiladi, lekin şaroit imkoniyat bermagandan keyin, qolaversa, har bitta tadbirkorlik sub’yektini nazorat qiliş imkoniyatimiz yöq bölgandan keyin, albatta, muammolar muammoga ulanib ketaveradi”, – deydi Nurmat Otabekov.
Ma’lumot uçun, ayni vaqt maktabgaça ta’lim muassasalarining 1 ming 185 tasi autsorsing tizimiga ötgan, 5 ming 145 tasi esa öz oşxonasiga ega.











