“Men şaxsan prezident bölib, paxta hozir neça foiz bajarilganini bilmayman. Çunki manfaat bölsa, fermerlar, klasterlar özi bajaraveradi. Oldin qanday edi, yilning 3-4 oyi egilib paxta teriş bilan ötardi. Öqituvçi ham, şifokor ham, ziyoli ham dalada bölardi.
Yaqinda yirik bir davlat rahbari paxtamizni eksport qilişni söradi. “Eksportga paxta yöq, töliq qayta işlayapmiz” desam işonmadi. Çunki oldin eksportimiz asosi paxta bilan gaz bölardi.
Hozir esa paxtani ham, gazni ham eksport qilmayapmiz. Hatto gazni çetdan sotib ham olyapmiz. Sababi, sanoatimiz rivojlanyapti. Ana şunday ikki asosiy mahsulot çetga sotilmasa ham eksportimiz hajmi 2016 yilga nisbatan 5-6 barobar oşdi”, – deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












