Bitimning predmeti işonçli, xavfsiz va uzluksiz xalqaro ötkazmalarni ta’minlaş, naqd pulsiz tölovlarni rivojlantiriş böyiça loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek hamkorlikdagi marketing faolliklarni rivojlantiriş uçun qulay iqtisodiy şaroitlar yaratiş maqsadida Bank va UZCARD tölov tizimining hamkorligini rivojlantiriş böldi. Hujjat nafaqat «Spitamen Bank» YoAJ va «YaUPM» MÇJ bilan strategik hamkorlik sohasidagi, balki ikki qardoş mamlakat örtasidagi iliq munosabatlarni mustahkamlaşda katta qadam böldi.

UZCARD nomidan Boş direktorning tijorat masalalari böyiça birinçi örinbosari Lilya Xamidullina hamda Marketing va PR boşqarmasi boşliği Sobirjon Muxamedov qatnaşdilar. Uçraşuvda bank tomonidan boşqaruv raisining birinçi örinbosari Umidjon Hikmatov, bank kartalari departamenti boşliği Dilşod Işoqov, marketing va biznesni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Xosiyatxon Tuxtanazarovalar iştirok etişdi. Özbekistondan taşrif buyurgan işçi delegatsiya tarkibida, şuningdek, Plum Technologies direktori Erkin Hidoyatov hamda Xalqaro ötkazmalar va xalqaro loyihalar departamenti boşliği Emil Yakuşev iştirok etdi.
Yaqin vaqt içida Spitamen Pay ilovasi foydalanuvçilarida UZCARD kartalarini bankning mobil ilovasiga boğlaş va pul mablağlarini ötkaziş imkoniyati paydo böladi.

Bitimni imzolaş marosimida Lilya Xamidullina quyidagilarni qayd etdi: «Spitamen Pay ilovasida yordamida Özbekistondan Tojikistonga va aksinça pul mablağlarini ötkazişlarda mijozlarimizning qulayligi yaqin kelajakda taşkilotlarimiz muvaffaqiyatli rivojlanişining garovi hisoblanadi va biz bu masalaga juda jiddiy yondaşamiz. Biz mas’uliyatli işi, hamkorlikdagi masalalarni hal qilişda namoyon etgan faolligi va tezkorligi uçun Spitamen Bankdagi hamkasblarimizning professionalligini yuqori baholaymiz. Biz uçun moslaşuvçanlik, tezlik muhim va biz hamma vaqt eng yaxşilarini tanlaymiz. Biz bugun Sizning bankingiz bilan bitim imzolayotganimizdan xursandmiz».
Uçraşuv oxiriga kelib tomonlar hamkorlikning marketing qismini va takliflarni rivojlantiriş masalalarini, şuningdek, ham bank tomonidan, ham UZCARD kartalari egalari uçun mijozlarning manfaatlari yölidagi maxsus takliflarni muhokama qilişdi.
«Bugun biz UZCARD’dagi hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli va istiqbolli munosabatlarni rivojlantiriş yölida muhim qadamni taşladik. Bitim özaro hamkorlik doirasini ança kengaytiradi va mijozlarimizning sifatli bank instrumentlariga bölgan ehtiyojlarini qondiriş imkonini beradi»— deb qayd etdi Umidjon Hikmatov.












