Farğona viloyati Yozyovon tumanida yer savdosi bilan boğliq firibgarlik holati foş etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda «R.» xususiy firmasi rahbari N.Ç. korxonaga işlab çiqariş faoliyatini yölga qöyiş uçun Yozyovon tumani hududidan ajratilgan 23 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 15 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylaştirib berişga kelişgani aniqlangan. U xizmati evaziga 10 ming dollari va 55 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.