Joriy yilning 10 sentabr kuni öz rebrendingini amalga oşirgan ISHONCH dökonlar tarmoği Toşkent viloyatidagi Angren şahri va Qibray tumanida, hamda Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida navbatdagi uçta filialini işga tuşirdi.
“Hayotni hozirdan boşlang” şiori ostida öz rebrendingini amalga oşirgan ISHONCH dökonlar tarmoği dadil qadamlar bilan öz faoliyatini kengaytirib bormoqda va buning natijasida respublika aholisining turmuş tarzini yanada yaxşilaşga şubhasiz katta hissa qöşmoqda. 15 sentabr kuni Angren şahrida, 17 sentabr kuni Qibray tumanida va 20 sentabrda Ğallaorol tumanida işga tuşirilgan yangi filiallar yangi formatda jihozlangan va taqdim etilgan bölib, aholiga sifatli xizmat körsatişga qaratilgan.

Har bir yangi filialning oçiliş marosimi taşrif buyurgan mehmonlar uçun köngiloçar şou-dastur ötkazilişi bilan boşlandi. Şu bilan birga, Qibray filiali oçiliş marosimida qimmatbaho sovğalar öynalişi barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Bundan taşqari Qibraydagi yangi savdo dökoni oçilişi munosabati bilan Hamdam Sobirov iştirokida köngiloçar bayram dasturi bölib ötdi.

12 yildan beri yirik maişiy texnika, elektronika va uy jihozlari yetkazib berişda öz uslubini yaratişga erişa olgan ISHONCH dökonlar tarmoği aholi turmuş tarzini yaxşilaş yölida samarali faoliyat körsatib kelmoqda. 2010 yilda Farğona viloyatida ilk dökonini oçgan kompaniya hozirda respublika böylab 60 dan ortiq filiallarga ega. Bu filiallarda 3000 dan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi.
Ayni paytda ISHONCH dökonlar tarmoğida 7000 dan ortiq turdagi mahsulotlar muddatli tölov asosida xarid qiliş uçun taqdim etilgan. Ular orasida maişiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, uy-rözğor buyumlari, barça turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, quriliş materiallari, gilamlar, çinni va billur idişlar, sport anjomlari va köplab boşqa mahsulotlarni topişingiz mumkin. Budjet taşkilotida faoliyat olib boruvçi xodimlar va nafaqadagi şaxslar esa faqatgina pasportning özi bilan muddatli tölovga mahsulot xarid qilişlari mumkin. Xaridorlar uçun yanada qulaylik yaratiş maqsadida, ma’lum toifadagi mahsulotlarni uygaça bepul yetkazib beriş xizmati ham yölga qöyilgan.
















