Xalq tabobatini rivojlantiriş markazlariga xalq tabobati böyiça mutaxassislar, tibbiyot xodimlari va tibbiy ma’lumotga ega bölmagan şaxslar öqişga qabul qilinadi.
Quyidagi şaxslar hududiy markazlarga öqişga qabul qilinmaydi: sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb e’tirof etilganlar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turganlar; tibbiy faoliyatni amalga oşirişga tösqinlik qiladigan kasalliklarga çalinganlar.
Tinglovçilar attestatsiyaga qöyilişi uçun öquv reja va fan dasturlarini töliq tugatgan va öquv rejasida nazarda tutilgan barça sinovlardan muvaffaqiyatli bölişlari talab etiladi.
Tinglovçi quyidagi holatlarda tinglovçilar safidan çiqariladi va attestatsiyaga qöyilmaydi: öz xohişiga binoan; öquv jarayoni taşkil etilgan joylarda öquv intizomi va içki tartib-qoidalarni muntazam ravişda yoki bir marotaba qöpol ravişda buzganda; öquv maşğulotlarini uzrli sabablarsiz ön olti akademik soatdan ortiq qoldirganda; şartnoma asosida öqitiş bilan boğliq majburiyatlarni bajarmaganda; salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; vafot etganda.
Tibbiyot xodimlari bölgan bitiruvçilarni attestatsiyadan ötkaziş uçun respublika markazi direktori buyruği bilan tibbiyot öquv yurtlari va tibbiyot taşkilotlari mutaxassislari içidan kamida beş kişidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi taşkil etiladi. Tibbiy ma’lumotga ega bölmagan bitiruvçilar Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiya tomonidan attestatsiyadan ötkaziladi.
Attestatsiya komissiyasi hamda maxsus komissiya yiğilişida uning a’zolari uçdan ikki qismi iştirok etganida vakolatli hisoblanadi. Bitiruvçilar attestatsiyasi öquv kursi tugagandan söng 10 kunlik muddat içida ötkaziladi. Respublika markazi öquv dasturlari mazmunini töliq qamrab olgan holda attestatsiya savollarini şakllantiradi. Attestatsiya savollari fan dasturlari doirasida tuzilişi hamda attestatsiya boşlanişidan kamida 15 kun oldin tinglovçilar e’tiboriga yetkazilişi lozim.
Attestatsiya suhbat şaklida ötkaziladi va uning natijalari ballar qöyiş yöli bilan 100 balli tizimda baholanadi. Bitiruvçi 86-100 ball töplasa uning bilimi “a’lo” deb, 71-85 ball töplasa “yaxşi”, 56-70 ball töplasa “qoniqarli” deb baholanib, attestatsiyadan ötgan deb hisoblanadi. Attestatsiya natijalari böyiça bitiruvçi 55 va undan kam ball töplagan hollarda uning bölimi “qoniqarsiz” deb baholanib, attestatsiyadan ötmagan deb hisoblanadi.











