Özbekiston boş vaziri örinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Tokio şahrida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiro Tanaka bilan uçraşdi. Uçraşuvda Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi Muxsinxöja Abdurahmonov ham qatnaşdi.

Tomonlar turizm va madaniy meros sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Aziz Abduhakimov qator sohalarda amalga oşirilayotgan loyihalarni muntazam ravişda qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun JICA rahbariyatiga minnatdorçilik bildirgan holda, birinçi navbatda Özbekiston prezidentining 2019 yilning dekabrida Yaponiyaga tarixiy taşrifi ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu Özbekiston–Yaponiya munosabatlarida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilab berganini qayd etdi.

Uçraşuvda, şuningdek, Özbekistonning turistik darvozasi hisoblangan Samarqandda sayyohlik sohasidagi özgarişlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Akixiro Tanaka, öz navbatida, Özbekistondagi islohotlar fonida turizm, madaniy meros va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kuçaytirişga qiziqiş bildirdi.

Tomonlar Buyuk ipak yöli madaniy merosini asraş va uning raqamli arxivini yaratiş, muzeylardagi eksponatlarni raqamlaştiriş va u yerda faoliyat yurituvçi xodimlar malakasini oşiriş, tarixiy obektlar restavratsiya va konservatsiyasini ötkaziş, uzoq toğli va çöl hududlarda infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş va bunda yaponiyalik mutaxassislarni Özbekistonda işlaşga jalb qiliş kabi masalalarni muhokama qilişdi.

Bundan taşqari, uçraşuv davomida charter dasturni amalga oşiriş orqali Yaponiyadan Özbekistonga sayohat qiluvçi turistik oqimni oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakuniga köra, tomonlar YuNeSKO kömagida Özbekistondagi tarixiy obidalarni restavratsiya va konservatsiya qiliş, uzoq hududlarda turistik infratuzilmani takomillaştiriş hamda umrining katta qismini arxeologik va madaniy merosni tadqiq qilişga bağişlagan marhum Kato Kyudzu xotirasiga Surxondaryo viloyatida memorial kompleks yaratişga kelişişdi.

Şu bilan birga, Özbekistondagi madaniy meros yodgorliklarini raqamlaştirişga oid loyihalarni davom ettiriş hamda qöşma tadbirlar ötkaziş orqali ikki tomonlama madaniy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga oid kelişuvga erişildi.