Çempionat Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi hamda «Zakovat» nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida taşkil etildi.

Toşkent Botanika boği musobaqalar ötkaziladigan sport maydonçasiga aylandi. Bu yerda kubokni yuqori saviyada ötkaziş, iştirokçilarning dam oliş paytlarida qulaylik yaratiş uçun barça zarur şaroitlar yaratildi.

Har bir mamlakatdan milliy terma jamoalar bilan bir qatorda eng nomdor jamoalar bilan ham iştirok etdi. Masalan, 2019 yilda intellektual öyinlar böyiça mamlakat çempioni bölgan «Monopoliya» jamoasi öyinçilari Qirğiziston kubogi uçun kuraş olib borişdi. Qozoğistondan — amaldagi vitse-çempionlar (2019), şuningdek, Markaziy Osiyo ligasining ikkinçi mavsumi çempioni «Erudit» jamoasi kuraşdi. Jumladan, Tojikiston vakili sifatida ikki karra vitse-çempion «Avesta» jamoasi qizğin bahslarda iştiokçisi böldi. Özbekiston terma jamoalari orasida ham yulduzlar köp. Ulardan biri bu yil «Zakovat» böyiça mamlakat çempionligini qölga kiritgan va jahon çempionatida respublikamiz nomidan zakovat yuritgan «Nima? Qayerda? Qaçon?" jamoasi böldi.

Musobaqaning birinçi kunida «Erudit kvinteti» saralaş öyinlari, «Breyn ring»ning çorak va yarim final öyinlari, şuningdek, «Zakovat» öyinining ikki turi ötkazildi.

Ikkinçi kuni «Erudit kvinteti»ning yarim final va finali, «Zakovat»ning uçinçi, törtinçi va beşinçi bosqiçlari hamda «Breyn ring» finali bölib ötdi va yakuniy ğoliblarni aniqladi.

Çempionat yorqin şou-dastur bilan yakunlandi, uning har bir çiqişi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati simbioziga asoslangan.

Kötarinki a’lo kayfiyat ruhida ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.