2022 yil yanvar-avgust oylarida Özbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 11,4 mln AQŞ dollariga teng bölgan 484 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, yuk avtomobillari eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 88 taga kamaygan.

Özbekiston 8 oyda yuk avtomobillarini eng köp eksport qilgan davlatlar orasida Qozoğiston birinçi örinni egalladi — 176 ta.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Qirğiziston — 128 ta;
  • Tojikiston — 83 ta;
  • Ozarboyjon — 60 ta.