Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni transport sohasida islohotlarni jadallaştiriş masalasi böyiça yiğiliş ötkazdi.

Yiğilişda uçta yönaliş – temiryöl tranziti imkoniyatini keskin oşiriş, aviatsiyani qulay, tez va sifatli xizmat körsatadigan sohaga aylantiriş, xalqaro tranzit yuklari uçun zamonaviy avtomobil yullari tarmoğini kengaytiriş böyiça çoralar belgilandi.

Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport sohasi böyiça alohida guruh tuzib, asoslangan takliflar işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Davlat rahbari eng asosiysi xalqqa yengilliklar yaratiş ekanini alohida ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Temiryöl sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirişda katta örin tutişi qayd etilib, bu tizimning quvvatini oşiriş böyiça körsatmalar berildi. Xususan, zamonaviy elektr poyezdlar olib keliş, vagonlarni ta’mirlaş, nosohaviy aktivlarni çiqariş orqali tizimni moliyaviy soğlomlaştiriş zarur.

Aviatsiya sohasida ham qulayliklarni köpaytiriş, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlari aeroportlarini rivojlantiriş, kadrlar malakasini oşirib, xizmatlar sifatini yaxşilaş kerak.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev avtomobil yöllarining sifati va salohiyatiga alohida töxtaldi. Ma’lumki, bu sohada loyihalaştiriş, quriş hamda nazorat funksiyalari bitta taşkilotda jamlangan. Buning oqibatida köp yöllarda sifat yöq. Şu bois yöl qurilişida ilğor standartlarni joriy etiş, laborator işlarni kuçaytiriş, pudratçilar mas’uliyatini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Şuningdek, yiğilişda transport infratuzilmasini kengaytiriş va sohani raqamlaştirişga qaratilgan vazifalar belgilandi.