Özbekiston xalqaro reytinglarda jadallik bilan yangi örinlarni egallab bormoqda. Respublikamizning iqtisodiy özgarişlar yölidagi muvaffaqiyatining yana bir tasdiği Global Innovatsion Index 2022 hisoboti bölib, unga köra mamlakatimiz 132 mamlakat içida 82-örinni egalladi. Bu yutuq haqida yetakçi ekspertlar öz fikrlarini bildirişdi, jumladan “CA Research Group” boş direktori Vyaçeslav Karpov bu borada öz fikrlari bilan bölişdi.
“Özbekistonning Global Innovation Index’dagi ösişi tasodif emas, balki barqarorlik tendensiyasidir: menimça, bugungi kunda bu barçaga ayon. Yetti yil içida 40 poğonaga kötariliş muhim yutuq va faxrlaniş uçun sababdir. Tadbirkor sifatida, ayniqsa, “Biznesni qöllab-quvvatlaş siyosati” indikatori ösişidan mamnunman, bu körsatkiç böyiça biz dunyoda 22-örinni egallab turibmiz. Buning özi Özbekiston haqiqatan ham jahon biznes hamjamiyatining bir qismiga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Men buni RGCA amaliyotida körmoqdaman: agar ilgari yirik kompaniyalar bizning mintaqamizni ikkilamçi bozor deb hisoblagan bölişsa, bugungi kunda biz FMCG, moliya va farmatsevtika sohasidagi global yetakçilar uçun bozorlarni har tomonlama örganiş va tahlilini ötkazmoqdamiz. Bu reyting respublika bozoriga yangi öyinçilar kirib kelişiga hissa qöşişiga şubham yöq”, — dedi Vyaçeslav Karpov.

Global Innovation Index AQŞning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk taşkiloti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan tadqiqotdir. U 81 körsatkiçdan iborat bölib, iqtisodiy rivojlanişning turli darajalarida joylaşgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanişini tavsiflaydi. Reyting Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan 2019 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlaniş uçun fan va texnologiyalar böyiça rezolyutsiyada qayd etilgan. Özbekiston 2015 yilda 122-örindan joy olgan va şu tariqa yetti yil içida birdaniga 40 poğonaga kötarilgan.
Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov şunday dedi: “2022 yilgi hisobot “Innovatsion rivojlaniş kelajagi” mavzusiga bağişlangan bölib, bu biz uçun alohida ahamiyatga ega, çunki respublikada amalga oşirilayotgan barça islohot va özgartirişlar jamiyatni kelajakda rivojlantirişga qaratilgan. Bir qator körsatkiçlar böyiça Özbekiston nafaqat makromintaqa, balki jahon miqyosida ham yetakçi örinlarni egallab turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yönalişlaridagi bitiruvçilar sonining dinamikasini keltiriş mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda oltinçi böldik. Bunday misollar köp va biz ularning yanada köp bölişini ta’minlaşga harakat qilişni rejalaştirmoqdamiz”.









