Finance Inquirer naşri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari va UNICEF, Jahon banki va OECD ma’lumotlariga tayanib, bolalarni maktabgaça ta’lim muassasalariga jalb qiliş böyiça eng yaxşi dinamikaga ega bölgan dunyodagi top-10 ta davlatni e’lon qildi. Özbekiston jahon reytingida birinçi örinni egalladi.

Foto: RGCA

Hisobot 2018 yildan 2020 yilgaça bölgan davrda erta yoşdagi bolalar ta’limining uzoq muddatli tendensiyalarining umumiy körinişini öz içiga olgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga köra, aksariyat hududlarda maktabgaça ta’lim bilan boğliq vaziyat töxtab qolgan yoki salbiy ösiş doirasiga ötgan, bir qator mamlakatlarda esa ajoyib ösiş kuzatilmoqda. Eng yorqin misol Özbekiston bölib, u yerda 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab olişning ösiş dinamikasi körib çiqilayotgan davrda 59 foizni taşkil etdi. 

Voqeani şarhlar ekan, Özbekiston Respublikasining maktabgaça ta’lim vaziri Agrippina Şin şunday dedi: “Erta yoşdagi bolalarga ğamxörlik va ta’lim beriş böyiça Butunjahon konferensiyasi arafasida jamoamiz mehnatiga jahon miqyosida berilgan bunday yuksak baho quvonarli hol. YuNESKOning bu miqyosdagi tadbiri ilk bor Toşkentda ötkazilişi ramziy ma’noga ega. Aytişim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas: mamlakat rahbariyati tomonidan 2017 yildan buyon maktabgaça ta’limni rivojlantirişga qaratilayotgan e’tibor, hatto pandemiya davrining barça uçun oğir bosqiçini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Işonçim komilki, biz yuqori ösiş sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat ösiş dinamikasi, balki mutlaq körsatkiçlar böyiça ham dunyoning yetakçi davlatlari darajasiga çiqamiz”.

RGCA tadqiqotiga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati maktabgaça ta’lim dasturlariga katta miqdorda sarmoya kiritadi, dastur xarajatlari davlat tomonidan moliyalaştiriladi – örtaça maktabgaça ta’lim xarajatlarining taxminan 69 foizi.

“2020 yildagi xavotirli global tendensiyalar fonida, yetakçi davlatlar maktabgaça ta’lim muassasalariga qamrab oliş ikki baravar kamayganini körsatgan bir paytda, bir qator mamlakatlar, aksinça, ajoyib ösiş bilan ajralib turdi. Masalan, jahon reytingida yetakçilik qilayotgan Özbekiston davlat xarajatlarining köpayişi, sohani liberallaştiriş va yetib boriş qiyin bölgan aholi punktlari uçun innovatsion köçma bolalar boğçalarini joriy etiş hisobiga bu körsatkiçni 59 foizga oşirdi. Şubhasiz, ma’lumotlar u yoki bu tarzda 2020 yilning bahor-yoz oylarida pandemiyaning ötkir bosqiçi muvaffaqiyatli ötgani bilan boğliq: bir qator mamlakatlar maktabgaça ta’lim muassasalarini modernizatsiya qiliş va qayta jihozlaş uçun lokdaunlardan foydalanişdi, boşqalari esa budjet oqimlarini boşqa boşqa yönalişlarga yönaltirdi. Şu bilan birga, öşa Finlandiya özining maşhur ta’lim tizimi barqarorligini yana bir bor tasdiqladi va 7 foizni qöşib oldi”,