2 oktyabr kuni Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida ukrain harbiylari 1 oktyabr kuni kirgan Liman shahri — «to‘liq tozalangani» haqida ma’lum qildi. RF Konstitutsiyaviy sudi Ukraina hududlarini annexia qilish haqidagi shartnomalarni tan oldi, Vladimir Putin esa Davlat dumasiga ushbu hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. RF mudofaa vazirligi safarbar etilgan rossiyaliklar «maxsus harbiy amaliyot hududida» mashg‘ulot o‘tayotgani haqida xabar berdi.

Quyida 2 oktyabr, urushning 221-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ozod etilgan Kupyanskdagi harbiylar

Ukrainalik harbiy Kupyansk-Uzlovoydagi temiryo‘l stansiyasi hududidagi binoda. Xarkiv oblastida 10 sentabr kuni ozod etilgan Kupyansk shahridan janubroqda joylashgan ushbu shaharcha 27 sentabr kuniga kelib Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi. Sentyabr oyi oxirida Rossiya qo‘shinlari Kupyansk atrofida avtokarvonni o‘qqa tutishi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari askarlari Kupyansk-Uzlovoydagi temiryo‘l stansiyasi hududida
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kupyanskda politsiyachilar o‘tloq orasidagi shubhali buyumni chiqarib olishga harakat qilmoqda. Shahar urushning ilk kunlaridayoq RF qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan va sentabr oyi o‘rtalarida Izyum bilan birgalikda Ukraina armiyasi nazoratiga qaytdi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Sim orqali o‘tlar orasidan olib chiqilgan shubhali buyumni olib ketayotgan politsiyachi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina sharqidagi janglar oqibatlari