Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23-avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqotidan söng mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimini kuçaytiriş böyiça yangi rejalarni maʼlum qildi.
Zelenskiyning aytişiça, Ukraina Fransiyadan PVO uçun yangi radarlar olişni kutmoqda. Ularni kuzda yetkazib beriş rejalaştirilgan.
«RBK-Ukraina» maʼlumotiga köra, Kiyev kuzda yana bitta SAMP/T zenit-raketa majmuasini olişi kutilmoqda. Işlab çiqariş imkoniyatlariga qarab, Ukrainaga ikkinçi şunday tizim ham yetkazib berilişi mumkin.
Bundan taşqari, Zelenskiy yil oxirigaça Ukraina hududida Fransiya qurollarining uç turini işlab çiqariş uçun litsenziyalar olinişiga umid qilayotganini bildirdi.
Zelenskiy 600 ta PAC-2 raketasi haqida gapirdi
Ukraina rahbari Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Patriot zenit-raketa majmualari uçun PAC-2 turidagi 600 ta raketa yetkazib beriş masalasida kelişuvga erişganini ham maʼlum qildi.
Zelenskiyga köra, uşbu raketalarni 2027–2028-yillar davomida yetkazib beriş rejalaştirilgan.
Biroq Germaniya tomonidan hozirça bu miqdordagi raketalar yetkazib berilişi rasman tasdiqlangani haqida xabar berilmagan.
Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Kiyevga taşrifi çoğida mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius va mutaxassislar mavjud zaxiralarni örganib, Ukrainaga qöşimça vositalar beriş imkoniyatini baholaşi kerakligini aytdi.
Vadeful, şuningdek, Germaniya Ukrainaga qöşimça 50 mln yevro miqdorida humanitar yordam ajratişini maʼlum qildi. U Kiyevning havo mudofaasini kuçaytiriş uçun qöşimça mablağ ajratilişi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Germaniya taşqi işlar vaziri ittifoqçilarni Ukrainaga Patriot tizimlari uçun qöşimça raketalar berişga köndiriş böyiça saʼy-harakatlarni davom ettirişini taʼkidladi.
Daniya ham ittifoqçilar bilan muzokara olib bormoqda
Daniya boş vaziri Mette Frederiksen Kiyevda Patriot raketalarini topiş va Ukrainaga yetkaziş masalasini «murakkab siyosiy iş» deb atadi.
Uning sözlariga köra, Boltiqböyi va Skandinaviya mamlakatlari rahbarlari hamda Zelenskiy bilan Yevropa NATO ittifoqçilariga siyosiy taʼsir ötkaziş va Ukraina uçun qöşimça raketalar topiş imkoniyatlari muhokama qilingan.

















