Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina milliy panteonini taşkil etiş töğrisidagi qonunni imzoladi. Ukraina Oliy radasi saytidagi maʼlumotga köra, hujjat 22-avgust kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan.

«Ukraina panteoni albatta böladi. Qahramonlarimiz kim ekanini faqat ukrainaliklarning özi hal qiladi», - dedi Zelenskiy.

Qonun loyihasi 1-iyul kuni Oliy radada birinçi öqişda 290 deputat tomonidan qöllab-quvvatlangan edi. Keyinçalik hujjatni töliq qabul qiliş uçun 287 deputat ovoz bergan.

Kiyevda yagona milliy makon yaratiladi

Qonun Kiyevda Ukraina davlatçiligi anʼanalarining uzluksizligini ifodalovçi yagona milliy makon taşkil etişni nazarda tutadi.

OAV maʼlumotiga köra, panteon Kiyev Rusidan tortib hozirgi Ukrainagaça bölgan davlatçilik tarixini aks ettirişi rejalaştirilgan.

Memorial majmua Ukrainaning taniqli tarixiy şaxslarini qayta dafn etiş joyi bölişi közda tutilgan. Qoldiqlarini mamlakatga qaytariş imkoni bölmagan şaxslar uçun esa ramziy qabrlar - kenotaflar örnatilişi mumkin.

Şu bilan birga, panteon tarixiy xotirani saqlaş, vatanparvarlik tarbiyasi va davlat marosimlarini ötkaziş markazi vazifasini ham bajaradi.

Panteonga kimlar kiritilişi mumkin?

Qonunga köra, panteonda Ukrainaning turli tarixiy davrlardagi davlat rahbarlari, mamlakat prezidentlari, ukrain harbiy tuzilmalari boş qömondonlari, şuningdek, fan, madaniyat, taʼlim, din va davlat qurilişi sohasidagi taniqli şaxslar xotirasi abadiylaştirilişi mumkin.

Impiçment tartibida lavozimidan çetlatilgan prezidentlar bundan mustasno böladi.

Ukraina bilan boğliq Nobel mukofoti sovrindorlarining xotirasini ham panteonda abadiylaştiriş imkoniyati nazarda tutilgan.

Novini.LIVE naşrining yozişiça, panteonda kimlarni dafn etiş yoki qayta dafn etiş böyiça yakuniy qaror maxsus taşkil etiladigan davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Komissiya işiga olimlar ham jalb etilişi közda tutilgan.

Polşa bilan yangi kelişmovçiliklar yuzaga kelişi mumkin