Tadbirkorning 1500 AQŞ dollarini qölga kiritmoqçi bölgan yuriskonsult uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Yakkasaroy tumani bölimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, Yakkasaroy tumani hokimligi boş yuriskonsulti B.N. “B.S.” MÇJ tomonidan oçilgan dökon egalik huquqini bekor qiliş yuzasidan sudlar tomonidan körilayotgan apellyatsiya işini yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali uning foydasiga hal qilib berişni 1500 AQŞ dollariga kelişib, şundan 500 AQŞ dollarini işni boşlaş bahonasida qölga kiritib, qolgan 1000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Ma’lum qilinişiça, hozirgi vaqtda tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















