Özbekistonda azaldan turar joy tanqisligi bor. Aholisi muntazam oşib boruvçi davlatimizdagi qurilişlar kölami oşib boruvçi talabni qondira olmaydi. Ijara bozoridagi vaziyat bundan-da murakkab. Ayni kunlarda xorijdan, asosan Rossiyadan keluvçilar sonining keskin oşişi ortidan nafaqat ijara uylar bahosi, balki mehmonxonalar narxining ham sezilarli oşişi kuzatildi.

Mehmonxonalarning 40-70 foizgaçasi rossiyaliklar tomonidan band qilingan. Bu – bir davlat uçun juda katta körsatkiç

Ayni paytda mehmonxonalardagi holat böyiça mehmonxonalarni boşqarişga ixtisoslaşgan Hotel Pro kompaniyasi asosçisi Dilşod Odilov bilan suhbatlaşdik.

– Dilşod, mehmonxonalarda joy qolmagani rostmi?

– 2 haftadan beri Toşkent mehmonxonalarida joy topiş muammo bölib qoldi. Hotel Pro boşqarayotgan mehmonxonalarda ham 10 oktyabrgaça joy yöq. Booking com platformasida ham joy bor mehmonxonalar keskin kamayib, ba’zi kunlari butun Toşkent böyiça 4-5 ta mehmonxona qolayotganini kuzatiş mumkin. Asosan 5-10 kunga bron qilinmoqda. Ba’zilar şu muddat içida kvartira topib çiqib ketiş niyatida ekanliklarini aytişmoqda.

– Talab narxlar oşişini keltirib çiqarmadimi? Umuman, mehmonxonalar özlari istagan paytda narxni kötara oladilarmi?

– Talab tabiiy ravişda narxlar oşişiga sabab böldi. Avvallari 400 ming sömdan sotilgan xonalar narxi 800-900 ming sömga çiqib ketdi. 700-800 ming sömlik mehmonxonalar esa 1,5 mln sömdan ortiq narxda sotilyapti. Ba’zi xalqaro brend darajadagi mehmonxonalar standart xonalari qolmagani uçun 22-23 million sömga lyuks xona taklif qilmoqda.

Narxlarni boşqarişga kelsak, firmalar bilan şartnomalar odatda bir yillik tuziladi. Ularning narxi odatda şu muddatda oşirilmaydi. Lekin jismoniy şaxslar, Booking kabi internet bron tizimlaridagi narx talab va taklifdan kelib çiqib istalgan payt oşirilişi yoki tuşirilişi mumkin. Mehmon bilan hali şartnoma tuzilmagan hisoblanadi, narxni körib, ma’qul kelsa yaşaydi, bölmasa taklifni qabul qilmaydi. Mavsum ötgandan keyin talab kamayadi va öşa paytda narxlar tuşiriladi.

– Ayni paytda mehmonxonalarning taxminan neça foizi Rossiyalik mehmonlar tomonidan band qilingan?