Davlat aktivlarini boşqariş agentligi E-auksion saytida Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida joylaşgan «Sijjak» dam oliş maskanini yana sotuvga qöydi.
Yer uçastkasining umumiy maydoni 5,38 gektar, bino va inşootlar maydoni 4039,56 kvadrat metrni taşkil etadi. Majmua hududida mehmonxona binolari, bir neçta suziş havzalari, amfiteatr, kottej, suv minorasi va boşqa inşootlar mavjud.
Boşlanğiç bahosi – 70 milliard 68 million söm, omonat summasi – 3,5 milliard söm. Arizalar 7 noyabr soat 09:00 gaça qabul qilinadi, auksion şu kuni soat 10:00 da bölib ötadi.
Avval uşbu obekt Gulnora Karimovaga tegişli edi. Dam oliş maskani birinçi marta ötgan yilning mart oyida oçiq kimoşdi savdosiga qöyilgandi.













